$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Namanganda elektr energiyadan noqoqonuniy foydalanish holati fosh etildi

elektr

Namanganda elektr energiyadan noqoqnuniy foydalanish holati fosh etildi. Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida suv taqsimlash inshooti hech qanday hujjatlarsiz tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan.

1,2 mlrd. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan

Ma’lum qilinishicha, suv taqsimlash inshootida 1,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan.

“O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Kosonsoy tumanida joylashgan “K.I.S.T.” MChJga qarashli suv taqsimlash inshooti hech qanday hujjatlarsiz tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulaganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan hujjatlar tegishli idoralarga yuborilgan

Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik natijasida 1 mlrd 265 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi ma‘lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda katta noqonuniy mayning fermasi aniqlangan edi. Unda aniqlanishicha, Toyloq tumani, “Chorog‘bon” MFYda qonun buzilishi holati ma’lum bo‘lgan edi. Mazkur mahalla fuqarosi E.S. 55 ta to‘plamdagi mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelganligi fosh bo‘lgandi. Qonunbuzarlik davomida 5 mlrd. so‘mdan ortiq elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan edi.