$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Samarqandda katta noqonuniy mayning fermasi aniqlandi

positive

Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

55 ta to‘plamdagi qurilmalar

Inspeksiyaning viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toyloq tumani, “Chorog‘bon” MFYda qonun buzilishi holati ma’lum bo‘ldi. Mazkur mahalla fuqarosi E.S. 55 ta to‘plamdagi mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelgan.

Yetkazilgan zarar

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, noqonuniy foydalanilgan elektr energiyasi qiymati 5,528 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Birinchi yarim yillikdagi holat

Joriy yilning birinchi yarmida kripto-aktiv va mayning faoliyati bo‘yicha 75 ta holatda elektr eneriyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangandi. Jami 81,6 mlrd. so‘m (15,9 mln. kilovatt-soat) qayta hisob-kitob qilingan.

Теги :
Jamiyat