Juma, 23-oktabr, 2026
Havo 72 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +19° kechasi +8°
Читать на русском

O‘zbekiston va Italiya ekologik muammolarni hal etishda hamkorlikni kuchaytiradi

Mamlakatimiz rahbari COP29 sammitida 2030-yilgacha ekologik maqsadlar qo‘yilishini e’lon qildi, shu jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va transchegaraviy suv ifloslanishini oldini olishga qaratilgan global yondashuvni ilgari surdi.

2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Italiya ekologik muammolarni hal etishda hamkorlikni kuchaytiradi

O‘zbekiston va Italiya ekologiya sohasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaror qildi. Bu haqda Italiyaning mashhur “Panorama” jurnali tomonidan e’lon qilingan maqolada aytib o‘tilgan. Maqolada O‘zbekistonning ekologik muammolarni hal qilishdagi jiddiy yondashuvi va o‘zgarishlarga bo‘lgan tayyorligi ta’kidlangan.

COP29 sammiti va ulkan ekologik maqsadlar

Mamlakatimiz rahbari, COP29 sammitida nutq so‘zlab, 2030-yilgacha bug‘lanadigan gaz chiqindilarini 35 foizga kamaytirish maqsadini qo‘ydi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning energetik sektori uchun katta bir yutuq sifatida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni 40 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Bu butun mintaqada ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev transchegaraviy suv ifloslanishining oldini olish va uning ta'sirini kamaytirish uchun mintaqadagi barcha davlatlarni birlashtiruvchi ko‘p tomonlama yondashuvni ilgari surdi. Qayd etilishicha, O‘zbekistonning suv resurslarini boshqarishda hamkorlik, Markaziy Osiyo va boshqa qo‘shni davlatlar bilan ekologik xavfsizlikni ta'minlashda muhim omil bo‘ladi.

O‘zbekistonning ekologik holati

Maqolada O‘zbekistonning ekologik holati haqida ham batafsil ma'lumot berilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston jiddiy ekologik muammolarni boshdan kechirmoqda. Jumladan, Orol dengizining qisqarishi va bu hududning sahroga aylanishi asosiy masala sifatida ko‘rsatilgan. Orol dengizining hajmi kamayib, ekologik falokatlarga olib kelgan. Shu bilan birga, Orol dengizining qurib qolishi natijasida yuzaga kelgan ekologik falokatlar, bu hududning aholisining sog‘lig‘iga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgani va mintaqaning iqtisodiy holatini og‘irlashtirayotgani ham keltirilgan.

Buning sababi sifatida 1960-yillarda Amudaryo va Sirdaryo daryolaridan olingan suvlar paxta ekinlari uchun sug‘orishda ishlatilgani, natijada Orol dengiziga quyiladigan suv miqdori kamaygani ko‘rsatilgan.

Markaziy Osiyo va Italiya o‘rtasida yangi hamkorlik imkoniyatlari

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 29-may kuni Rimda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo - Italiya” vazirlar konferensiyasi doirasida ushbu mamlakat Hamkorlikni rivojlantirish agentligi (AICS) va “Sogesid S.p.A.” davlat injiniring kompaniyasi o‘rtasida amaliyot modellarini ishlab chiqish hamda Orol dengizi havzasida sinov loyihasini hayotga tatbiq etish orqali atrof-muhitni tiklashga qaratilgan deklaratsiya imzolangan. Belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun Rimning “Tor Vergata” va “La Sapienza” universitetlari, xalqaro moliya institutlari va “RemTech” - hududlarni tiklash, qayta tiklash va barqaror rivojlantirishga ixtisoslashgan Ekologik texnologiyalar markazi bilan yaqin aloqa o‘rnatiladi.