$
 12940.44
-22.54
 13336.42
-41.38
 126.85
3.17
weather
+26
Кечаси   +14°

Top-500ga kiradigan xorijiy oliygohlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi

xorijiy oliygoh

Top-500ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan 12 ta qo‘shma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlash boshlanadi. Bu haqda 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida ma’lum qilingan.

Qo‘shma ta’lim dasturlari 

Davlat oliy ta’lim tashkilotlarining top-500ga kiradigan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qo‘shma ta’lim dasturlari ekspertizadan o‘tkaziladi. Ekspertiza natijasiga ko‘ra ijobiy xulosaga ega qo‘shma ta’lim dasturlari qabul kvotalari kelishib beriladi.

Mehnat bozorining talablari o‘rganiladi

Bundan tashqari, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish rejalashtirilmoqda. Oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan mehnat bozorining oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo‘lgan talabi o‘rganiladi.

Mazkur ehtiyojlarga muvofiq moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilar tarkibi va o‘quv-metodik ta’minotdan kelib chiqib, keyingi o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘z qabul parametrlari bo‘yicha takliflarni shakllantirish nazarda tutilgan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bosh-qoshligida 

Oliy ta’lim tashkilotlarining qabul parametrlariga takliflar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etiladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim tashkilotlarining qabul parametrlari bo‘yicha takliflarni tahlil qilish, umumlashtirish hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga kiritish mo‘ljallangan.

Теги :
Jamiyat