$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

Avtomobillar 2031-yilgacha stikerlash tizimiga o'tadi

Stiker

Vazilar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi “Atmosfera havosiga transport vositalarining salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 166-sonli qarori qabul qilindi.

 “Ekologik transport” tizimi bosqichma bosqich joriy etiladi

Hukumat qarori bilan, 2024-yilning 1-iyunidan boshlab barcha turdagi transport vositalari “yashil”, “sariq” va “qizil” ranglar bilan belgilanadigan “toza”, “o‘rta” va “zararli” ekologik toifalarga ajratib boriladi.Diagnostik tekshiruvdan o‘tish va ekologik stiker olish YHXX bo‘linmalarida 2031-yilga qadar bosqichma-bosqich bepul amalga oshiriladi. Transportlarning toifasi hududning ekologik zonasiga muvofiq bo‘lmagan mashinalarga nisbatan ekologik jarima joriy etilishi yoki ulardan tegishli ekologik zonalar hududida foydalanishni cheklash-taqiqlash mumkin.

«Yoshi» 3 yildan o‘tmagan avtomobillarga yashil stiker tekshiruvlarsiz beriladi

Belgilanishicha, elektromobil va elektromototsikllar hamda ishlab chiqarilganiga uch yildan oshmagan boshqa turdagi transport vositalariga “yashil” ekologik stikerlar bepul diagnostik tekshiruvisiz beriladi va pochta orqali yuboriladi.

3 bosqichda amalga oshiriladi

• birinchi bosqichda (2024–2026 yillarda) – Toshkent shahrida;

• ikkinchi bosqichda (2026–2028 yillarda) – Nukus shahri va viloyatlar markazlarida hamda, zaruratga ko‘ra, alohida ekologik zonalarda (sayyohlik markazi, tabiat qo‘riqxonasi, sog‘lomlashtirish va dam olish maskani va boshqalar);

• uchinchi bosqichda (2028–2030 yillarda) – boshqa barcha hududlarda.

Stikerlar bepul

Eng asosiysi, stikerlar uchun hech qanaqa to‘lov qilinmaydi, ular bepul beriladi. Hududlardagi ekologik zonalar chegaralarini belgilash hamda ularni o‘zgartirish tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari tomonidan Ekologiya vazirligi taklifiga asosan amalga oshiriladi.

 “Zararli” transport vositalarini “toza”siga almashtirish uchun subsidiya beriladi

 Eng muhimi, aholiga «zararli» toifadagi transport vositalarini «toza» toifadagi transport vositalariga almashtirish uchun subsidiya berish tizimi joriy etiladi. Bu haqda Hukumat qarori (166-sonli, 29.03.2024) qabul qilindi. Qarorda aytilishicha, iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda aholiga “zararli” toifadagi transport vositalarini “toza” toifadagi transport vositalariga almashtirish uchun subsidiya berish tizimini joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi. Subsidiya bu davlat tomonidan qaytarib olmaslik sharti bilan beriladigan pul.