$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Sayyoramizni yana kuchli silkinishlar kutmoqda

Zilzila

11-13-aprel kunlari sayyoraning seysmik zonalaridan birida 7-8 magnitudadan yuqori kuchli zilzila bo‘lish xavfi e’lon qilinmoqda.

Vayronkor zilzilalar 

Niderlandiyalik seysmolog olim Frank Hogerbits boshchiligidagi Seysmik faollik bilan bog‘liq osmon jismlari orasidagi geometriyani kuzatish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot instituti yaqin 3 kunda seysmik zonalardan birida kuchli zilzila bo‘lishini prognoz qildi. Bu haqda institutning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirgan videosida batafsil tushuntirib oʻtilgan.

Zilzila 11-13-aprelda boʻladi

Frank Hogerbitsning aytishicha, to‘rtta sayyora birikmalarining yaqinlashishi taxminan 11-dan 13-aprelgacha katta seysmik faollikni keltirib chiqarishi mumkin. 

Turkiyadagi zilzila ham oldindan bashorat qilingan

Maʼlumot uchun, o‘tgan yilning 6-fevral kuni Turkiyada sodir bo‘lgan 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar sodir boʻlishi haqida ikki kun oldin Frank Hugerbits va uning jamoadoshlari maʼlum qilgan. Ular mazkur usuldan foydalanib, Turkiyaning janubi-sharqi, unga qo‘shni Suriya, Iordaniya va Livan bilan chegaradosh hududlarida yaqin kunlarda 7,5 magnitudalik kuchli zilzila bo‘lishini prognoz qilgandi.

Oʻzbekistonga taʼsiri

Seysmologlar prognoz qilgan xududlar ro‘yxatida O‘zbekiston va qo‘shni davlatlarimiz ko‘rsatilmagan