$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

Ogoh bo'ling: yana bir dori vositasining sertifikatlashtirilmagan seriyasi aniqlandi

dori

Kechagina "Dok1 Maks" sudi tugab, tegishli xulosa olishgandir boshqalar ham, degan fikr ko'pga bormadi. Bugun O'zbekiston aholisi yana bir dori vositasidan ogohlantirilmoqda. O‘zbekiston dorixonlarida ayni paytda sotuvda bo‘lgan, «VIPS-MED» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan «Bar-VIPS» preparatiing sertifikatlashtirilmagan 520723 seriyasi aniqlangan.

Dori vositasining sifati tekshirilyapti

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi aholini og‘iz orqali yuborish uchun mo‘ljallangan suspenziya tayyorlash kukuni shaklidagi «Bar-VIPS» preparatining 520723 seriyasi sertifikatlashtirilmaganidan ogohlantirmoqda. Ayni paytda markaz laboratoriyasida mazkur dori vositasining sifati tekshirilyapti. Ta’kidlanishicha, «Bar-VIPS» preparatining 520723 seriyasi dorixonalar (jami 15 799 ta) peshtaxtalaridan butkul olib tashlanmagan bo‘lishi mumkin.

Seriyalarga e'tiborli bo'ling

Shuningdek, Markaz sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislaridan mazkur dori vositasini tibbiy maqsadlarda qo‘llashda o‘ramda ko‘rsatilgan seriyalarga e’tibor berishlarini hamda «Bar-VIPS» preparatining quyidagi – 500820, 530820, 510820, 520820, 540820, 370622, 380622, 480722 seriyalari tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun tasdiqlanganligini ma’lum qilgan.