$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Dok-1 maks” sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalarga davlat tomonidan tibbiy xizmat ko‘rsatilyaptimi?

dok

O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” voqeasi sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalarga davlat tomonidan tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqdami? Ushbu savolga sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov javob berdi.

Bolalar ro‘yxati mavjud

Asilbek Xudayarovning aytishicha, vazirlikda “Dok-1 Maks” dorilarini isteʼmol qilish oqibatida nogironga aylangan bolalar ro‘yxati bor.

“Dok-1 Maks” voqeasi sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalar holidan xabar olyapmiz. Asorati borlariga kafolatlangan tibbiy yordam ko‘rsatyapmiz. Bu ish bo‘yicha hali surishtiruv va tergov jarayonlari davom etmoqda. Vazir vazifasini bajaruvchi sifatida aytamanki, baʼzi bir kasallik asoratlari bo‘ladi. Ular nogironlikka olib kelgandan keyin organik yoki fiziologik buzilishlar bo‘ladi. Fizik buzilish bo‘lsa, to‘g‘rilash mumkin. Organik buzilish bo‘lsa, uni faqat asorati bilan shug‘ullanishimiz kerak. Ro‘yxatimiz bor, ularga yordam berilyapti”, dedi vazir.

68 bolaning o‘limi qayd etilgan

Eslatib o‘tamiz, Dok-1 Maks” tufayli 68 bolaning o‘limi qayd etilgan edi. Ushbu ish yuzasidan 7 nafar sudlanuvchi ozodlikdan mahrum etilib, 14 nafarining ozodligi cheklandi, bir nafari axloq tuzatish koloniyalariga yuborildi, yana biri esa 17 million jarimaga tortildi. 68 nafar bolaning vakillari 1 milliard so‘mdan, 16 nafar nogiron va kasal bo‘lib qolganlarning vakillari esa 500 va 200 million so‘mdan kompensatsiya undirishi sud tomonidan belgilangan.

Теги :
Jamiyat