$
 12874.86
-18.11
 13525.04
-16.45
 123.06
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°

Depressiya holatlarining ortishi jahon iqtisodiyotiga 1 trillion dollar zarar keltirmoqda

depressiya

Dunyoda depressiya va ruhiy tushkunlik holatlari tobora ko‘payib, global darajada katta muammo tug‘dirmoqda. Bu esa mehnat bozoriga tahdid solib, jahon iqtisodiyotiga har yili 1 trillion dollar zarar keltirmoqda. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.

Yoshlar orasidagi vaziyat tashvishli

Yozilishicha, ayniqsa yoshlar orasida ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolar jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. Ba’zi mutaxassislarning fikricha, odamlar depressiya haqida ochiq gapira boshlagani sababli bu holatlar ko‘payib ko‘rinayotgandek tuyulishi mumkin. Ammo York universiteti epidemiologiya professori Keyt Pikett bu fikrga qo‘shilmaydi:

“Muammo shu darajada kattaki, ruhiy buzilishlarning haqiqatda ortib borayotganini inkor etib bo‘lmaydi,” – deydi u.

Ish kunlarining yo‘qotilishi

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har yili depressiya va xavotir sababli dunyo bo‘ylab 12 milliard ish kuni yo‘qotiladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Xalqaro mehnat tashkiloti bu yo‘qotishlarning jahon iqtisodiyotiga 1 trillion dollar zarar yetkazishini hisoblab chiqdi.

Bu holat ruhiy salomatlikni yaxshilash va depressiya bilan kurashish bo‘yicha kengroq choralar ko‘rishni talab etmoqda.

Теги :
Iqtisodiyot