$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Chegaradagi dahshat: AQShga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 74 nafar o‘zbekistonlik ortga qaytarildi

Deport

2021 yildan 2023 yilgacha AQSH hukumati tomonidan «alohida qiziqish uyg‘otuvchi shaxslar» sifatida tasniflangan o‘n minglab muhojirlar Meksika orqali AQSHga noqonuniy kirishga harakat qilishgan. Qo‘lga olinganlarning 13 mingdan ortig‘i O‘zbekiston fuqarolaridir. Kuni kecha ham AQShga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 74 nafar o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi. Ma’lum qilinishicha, ularning ko‘pchiligi Meksika orqali Amerikaga o‘tishgan. Shuningdek, bir qancha boshqa davlatlar orqali borgan fuqarolar ham bor. Ular AQSh hududiga kirgunicha turli qiyinchiliklarga duch kelishgan.

Hammasi yolg‘on

Ana shunday yo‘llar bilan AQShga borgan yurtdoshimiz o‘z boshidan o‘tgan qiyinchiliklarini so‘zlab berdi:

"Bagajimni yo‘qotib, to‘satdan Madridga uchganman. Ushbu shaharda bilet yo‘qolib qolib, 14 kun davomida 400 ta o‘zbek Madridda "xor bo‘lgan". Shu yerdan Turkiyaga deport qilinganmiz. Keyinchalik Gvatemalaga bordik va yana harakat qilib ko‘rdik. 2 marta chegaradan qaytarilib, immigratsion joyda 2 sutka yotganman. Venesuela fuqarolari bilan piyoda 3 kun yurganmiz. U yerda ham qochdik, yurdik, o‘liklarni ham hamma narsani ko‘rdik. Maslahat bermayman, Amerika shunchaki reklama. 10 ming AQSh dollariga yaqin pulim ketdi. Iyulda uyimdan chiqqan bo‘lsam, avgust oyida men ushbu davlatga yetib bordim. Lekin ishlay olmadim. Pul sarflab, sarflab qaytdik. Bormoqchi bo‘lganlarga maslahatim bormanglar. Bu shunchaki reklama. Kasallik orttirib qaytasiz. Hammasi yolg‘on", - deya ta’kidladi vatandoshlardan biri.

Ta’kidlash kerakki, 2023-yil dekabrida ham AQShga ketgan 119 nafar o‘zbekistonlik ortga qaytarilgandi.