$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekiston demografik keksayish bo‘sag‘asida

demography demografiya

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda 2023-yil doimiy aholining oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 74,7 yoshni tashkil etdi.

1kv kmga oʻrtacha 82 nafar aholi

2024-yil 1-yanvar holatiga koʻra Oʻzbekistondagi doimiy aholi soni 36,8 million kishiga yetdi. Shundan shahar joylarda yashovchi aholi soni 18 768,5 ming kishi, qishloq joylarda esa 18 031,3 ming kishini tashkil etmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonda 1 km2 yer maydoniga o‘rtacha 82 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi. Bu koʻrsatkich esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘rtacha 1,8 kishiga ortgan (2023-yil 1-yanvar holatiga 1 km2 ga 80,2 kishi).

Erkaklar ayollardan 250 266 nafarga koʻp

2024-yilning 1-yanvar holatiga doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 250 266 nafarga ko‘p boʻlib, ayollar 18 274 745 kishi, erkaklar 18 525 011kishiga yetgan. Bu koʻrsatkich 2023-yil 1-oktabrda 18 million 423 ming nafari erkaklar, 18 million 177 ming nafari ayollar boʻlgan.

Ayollar erkaklarga qaraganda koʻproq yashaydi

2024-yilning 1-yanvar holatiga koʻra o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi ayollar uchun 76,9 yosh, erkaklar uchun esa 72,5 yoshni tashkil etdi.

2023-yilda shahar va qishloqlarda oʻrtacha umr koʻrishi davomiyligi

Joriy yil boshida respublika aholisining tugʻilishda kutilayotgan oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 74,3 yoshni tashkil etgan. Oʻrtacha umr koʻrish davri shahar joylarda 74,8 yosh, qishloq joylarda 73,6 yosh boʻlgan.

“Demografik keksayish boʻsagʻasida”gi davlat

Statistika agentligi: “2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 65 va undan yuqori yoshdagi aholi salmogʻi 5,4 foiz. Bu koʻrsatkich xalqaro mezonlar boʻyicha Oʻzbekiston aholisi “demografik keksayish boʻsagʻasida”gi mamlakatlar qatoriga kirishini anglatadi,” — dedi.

Keksayish koeffitsiyenti nima?

Keksayish koeffitsiyenti – BMT demograflari tomonidan keksayish jarayonini baholash maqsadida ishlab chiqilgan uch bosqichli mezon. Unga koʻra, 65 va undan yuqori yoshdagi aholi ulushi 4 foizdan kam boʻlsa – demografik yosh, 4–7 foiz boʻlsa – keksayish Boʻsagʻasida, 7 foizdan oshsa, hudud aholisi demografik keksa hisoblanadi.

Vafot etganlar koʻrsatkichi

O’zbekistonda 2023-yilning yanvar–sentyabr oylarida vafot etganlar soni 129,7 ming kishini tashkil etdi. Shundan 71,4 ming nafari erkaklar, 58,3 ming nafari ayollar. Uch chorak davomida shahar joylarida olamdan o‘tganlar soni 69,6 ming, qishloq joylarida vafot etganlar 60,1 ming nafarga yetgan. Eng ko‘p o‘limlar avgust oyida (10 ming 308 ta) kuzatilgan. 

Eslatib oʻtamiz, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlarida respublika bo’yicha 137 459 nafar tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan. Bu 2023-yilning mos davriga solishtirganda 3 631 (2,6%) nafarga kamaygan (https://uz24.uz/uz/articles/tugilish-3-18).

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot