$
 11886.72
-55.49
 13717.27
-25.83
 146.37
-1.05
weather
+26
Кечаси   +14°

Iyulda O‘zbekistonda narxlar pasaydi: Narx tushishi faqat oziq-ovqat mahsulotlarida kuzatilyapti

deflyatsiya

2026-yil iyul oyida O‘zbekistonda iste’mol bozorida narxlar o‘rtacha 0,1 foizga pasaydi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, oy yakunlari bo‘yicha mamlakatda deflyasiya qayd etilgan. Yillik iste’mol narxlari indeksi (INI) 106,4 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yil iyul oyidagi 108,9 foizga nisbatan 2,5 foiz bandga past bo‘ldi.

Oziq-ovqat mahsulotlari narxlari pasaydi

Iyul oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,91 foizga kamaydi. Shu bilan birga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,3 foizga, aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,5 foizga qimmatlashdi.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari orasida sabzi 12,6 foizga, uzun boshoqli guruch 6,4 foizga, yumaloq boshoqli guruch 6,1 foizga, mosh 4,2 foizga va piyoz 1,7 foizga qimmatlashib, inflyasiyaga ta’sir ko‘rsatdi.

Bunga qarama-qarshi ravishda baqlajon 42,8 foizga, bulg‘or qalampiri 39,4 foizga, pomidor 24 foizga, tarvuz 20,3 foizga, kartoshka 18 foizga, qovun 14,5 foizga, shaftoli va bodring 10,6 foizdan, sarimsoq 10 foizga, nok 7,1 foizga, uzum, olma va banan 6,6 foizdan hamda tuxum 5 foizga arzonlashdi. Aynan ushbu mahsulotlar narxining pasayishi inflyasiyani cheklovchi asosiy omillardan bo‘ldi.

Benzin narxlari oshdi

Nooziq-ovqat mahsulotlari orasida avtomobil yoqilg‘isi narxlarining oshishi kuzatildi. Xususan, AI-98 va AI-100 markali benzin 10 foizga, AI-95 markali benzin 8,5 foizga, AI-92 markali benzin esa 3,9 foizga qimmatlashdi.

Xizmatlar tariflari ham ko‘tarildi

Xizmatlar sektorida maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun to‘lov 2,7 foizga, mobil aloqa xizmatlari 2,4 foizga va shahar avtobuslarida yo‘l haqi 1,4 foizga oshdi. Ushbu xizmatlar tariflarining o‘zgarishi xizmatlar guruhidagi narxlar o‘sishiga asosiy ta’sir ko‘rsatdi.

2 milliondan ortiq narx kuzatildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, iste’mol narxlari indeksini hisoblash uchun respublika bo‘yicha 10 mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida 2 milliondan ortiq narx qayd etildi. Kuzatuvlar davomida 419 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hamda 98 turdagi xizmat narxlari monitoring qilindi.

Теги :
Jamiyat