$
 12938.01
22.94
 14673.00
13.1
 158.73
2.3
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Tug‘ish uchun kelib o‘lgan ayol: holat uchun kim aybdor edi?

kushetka

Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi tug‘uruq bo‘limida 39 haftalik homilasi bor ayolning ahvoli og‘irlashib, vafot etdi. Bosh prokuratura holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib bormoqda.

Aslida nima bo‘lgandi?

4-aprel kuni Toshkent viloyati Ohangaron shahrida homilador ayol qornidagi homilasi bilan vafot etdi. Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi va Bosh prokuratura munosabat bildirdi.

SSVga ko‘ra, 3-aprel kuni soat 02:45 da 32 yoshli X.A. qorin va beldagi og‘riq bilan Ohangaron shahri tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limiga homiladorlik 4, 39 hafta, tug‘uruq 3, tug‘uruqning 1-davri, latent fazasi, semizlik 3-darajasi tashxislari bilan qabul qilingan. Bemor shifokorlar nazorati ostida bo‘lgan.

4-aprel kuni soat 14:10 da ayolning to‘satdan ahvoli og‘irlashib, havo yetishmasligi va yurak sohasida og‘riq bilan nafas olishi qiyinlashgan. Shundan reanimatolog ishtirokida bemorda reanimatsion choralar amalga oshirilgan. Biroq oradan salkam yarim soat o‘tib, ayolda biologik o‘lim kuzatilgan.

Ekspertiza xulosasi qanday?

“Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, bemorning o‘limiga yurak ishemik kasalligi, o‘tkir koronar yetishmovchiligi, yurak mushaklarining gipertrofiyasi va o‘tkir miokard infarkti sabab bo‘lgan”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Asorati: o‘tkir yurak va nafas yetishmovchiligi, o‘pka shishi, bosh miya shishi. Homilada ham antenatal o‘lim qayd etilgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

“Tekshirish harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Bu birinchi holat emas

O‘zbekistonda 2023-yilning 9 oyi davomida onalar o‘limi ko‘rsatkichi 100 ming tirik tug‘ilishga nisbatan 14,1 promillini tashkil etgandi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning shu davriga nisbatan 13,1 promilliga teng bo‘lgan.