$
 12109.02
75.74
 14139.70
78.81
 150.31
1.01
weather
+26
Кечаси   +14°

Millionlar keltiruvchi o‘yinlar: Kibersport dunyoni qanday egallab oldi?

Kibersport allaqachon oddiy sevimli mashg‘ulot doirasidan chiqib ketgan. Bugun u butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislarga ega ulkan industriyaga aylangan. Counter-Strike 2, Dota 2, Valorant, PUBG Mobile va boshqa shunga o‘xshash o‘yinlar bo‘yicha musobaqalar ko‘p million dollarlik sovrin jamg‘armalarini hamda striming platformalarida millionlab tomoshabinlardan iborat auditoriyani jalb qiladi. Eng yaxshi o‘yinchilar va jamoalar shartnomalar, homiylar va muxlislar armiyasiga ega haqiqiy yulduzalarga aylangan.

O‘zbekiston jahon kibersport xaritasida

O‘zbekiston xalqaro kibersport maydonida o‘zini tobora dadil namoyon etib, asta‑sekin yirik musobaqalar va dunyoning eng kuchli jamoalari uchrashuvlari uchun maydonga aylanib bormoqda. Xalqaro turnirlarning o‘tkazilishi mamlakat global kibersport industriyasiga integratsiyalashishga va bu yo‘nalishni tizimli darajada rivojlantirishga tayyor ekanini ko‘rsatuvchi muhim ishora bo‘ldi.

Xalqaro turnirlar va dastlabki yirik yutuqlar

2025‑yil aprel oyida Toshkentda PUBG MOBILE Global Open xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi, u mamlakatdagi eng e’tiborga molik kibersport voqealaridan biriga aylandi. Musobaqada dunyoning turli mintaqalaridan jamoalar nufuzli unvon va 100 ming dollarlik sovrin jamg‘armasi uchun kurashdi. Turnir tomoshabinlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi va O‘zbekistonning xalqaro darajadagi kibersport tadbirlarini qabul qilishga tayyorligini tasdiqladi.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik o‘yinchilar ilk bor dunyodagi eng yirik chempionatlardan biri — PUBG MOBILE Global Championship turniriga saralashdan muvaffaqiyatli o‘tishdi. Musobaqaning final bosqichi 2025‑yil noyabr oyi oxiridan dekabrgacha Tailandning Bangkok shahrida bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston vakillari Osiyo va dunyoning eng kuchli jamoalari bilan bahs olib bordilar. Bu milliy sahna uchun muhim qadam bo‘lib, mahalliy o‘yinchilarning yuqori raqobatga tayyor ekanini ko‘rsatdi.

Ta’lim, qo‘llab-quvvatlash va sohaning kelajagi

O‘zbekistonda kibersport alohida sport turi sifatida rasman tan olingan bo‘lib, bu sohaga rivoj topishi uchun muhim qadam bo‘ldi. Davlat ko‘magi doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab “Sport faoliyati: kibersport” yo‘nalishi ochildi. Dastur o‘yinchilardan tortib murabbiylar, tahlilchilar va sharhlovchilargacha bo‘lgan turli yo‘nalishlardagi mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

Bugungi kunda kibersport nafaqat o‘yin, balki yuzlab ish o‘rinlarini yaratadigan butun bir industriya hisoblanadi. U texnologiyalar rivojini rag‘batlantiradi, yangi kasblar paydo bo‘lishiga turtki beradi va nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyo bo‘ylab yoshlarni birlashtiradi.

Теги :
Jamiyat