$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“IIB ilovasi”da chuv tushgan bo‘lishingiz mumkin

kiber

Internet tarmog‘i bugungi kunimizning ajralmas qismiga aylanib, bizga turli-tuman qulayliklarni ham taqdim etmoqda, ammo uning ortidan kelayotgan xavf ham doimiy kuchayib bormoqda. Kiber firibgarlar bo‘lsa o‘z tuzoqlarini qo‘yish bilan ovora. Kiberxavfsizlik markazi shunday tuzoqlarning yangi turidan ogohlantiradi.

Endi IIB nomidan ish ko‘rishmoqda

"Rasmiy ogohlantirish! Fuqaro!

Sizga nisbatan Prokuratura byurosida ijro ishi qo‘zg‘atilganidan xabardorsiz. Shu sababli 26.03.2024-yil 18:00 ga qadar qarzdorlikni to‘lashingiz shart. Qarzdorlik to‘lanmagan taqdirda, sizga nisbatan 1 million 650 ming so‘mgacha qo‘shimcha jarima qo‘llaniladi.

Ijro ishining qo‘zg‘atilish sabablarini bizning rasmiy ilovamizni yuklab olish orqali ko‘rishingiz mumkin."

Shunday mazmundagi xabarlarga ishonib qolgan foydalanuvchilar o‘z ma’lumotlarini to‘g‘ri xakerlar qo‘liga topshirib qo‘yishgan va ularning hisoblaridagi mablag‘lar qanday g‘oyib bo‘lib qolganligini hattoki sezishmagan ham.

Aqlli tuzoq

Bu kabi ilovalarga esa kiberjinoyatchilar "MIBuz" yoki "O‘zbekiston IIB" kabi nomlarni qo‘yishgan va fuqarolar bunga ikkilanmay ishonganlar.

Aslida esa, bu ilovalar sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘g‘irlashga va ulardan foydalanishga moslashtirilgan.

Bu ilovalar shunchaki sizdan ma’lumotlarni o‘g‘irlabgina qolmay, telefon qo‘ng‘iroqlari va xabarlarni o‘z nazoratiga olish, telefoningizdagi suratlardan foydalanish, telefon qurilmasidagi sozlamalaridan foydalanishga ruxsatni sizga bildirmay olishi mumkin.

Qanday qilib firibgarlardan himoyalanish mumkin?!

Siz ishonchsiz manbadan ilovani yuklab olishingiz bilan firibgarlarga barcha ma’lumotlaringizni, karta raqamlarini bilmagan holda topshirib qo‘yasiz.

Ular karta ma’lumotlaridan, mablag‘laringizdan foydalanishi yoki sizning nomingizga turli kreditlarni olgan bo‘lishlari mumkin.

Bundan himoyalanish esa juda oson. Siz shunchaki ilovalarni rasmiy "marketlardan", IOS tizimida ishlovchi qurilmalar uchun "App Store", Android uchun esa "Play market" dan foydalanishingiz kifoya. Negaki, ularda rasman ro‘yxatdan va xavfsizlik tekshiruvidan o‘tgan ilovalar joylashtiriladi.