$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentda deputat 14 yoshli yigitni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda

Nuriddin Zaynitdinov

Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan deputat, shu kengashning sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha komissiyasi a'zosi, Nuriddin Zaynitdinov 13-aprel kuni huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi. Masʼullar deputatga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini tasdiqladi.

Yigitning ota-onasi IIVga xabar bergan

NeMolchi.uz xabariga ko‘ra, u 14 yoshli o‘g‘il bolani zo‘rlaganlikda ayblanmoqda.

Maʼlum qilinishicha, Nuriddin Zaynitdinov Jinoyat kodeksining 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy shaklda qondirish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib hibsga olingan. Jabrlanuvchi 14 yoshli o‘smir yigit bo‘lib, uning ota-onasi jinoyat haqida ichki ishlar organlariga xabar bergan.

Huquq-tartibot idoralari deputatga ushbu modda bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, hibsga olinganini tasdiqlagan.

Bu “siyosiy buyurtma”mi?

Oʻzbekiston Aeronavtika Federatsiyasi raisi o‘rinbosari bo‘lib faoliyat yuritgan Nuriddin Zaynitdinov o‘zining keskin fikrlari bilan tanilgan. U avvalroq o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali “siyosiy buyurtma” bilan unga qarshi provokatsiyalar uyushtirilayotgani va bosim o‘tkazilayotgani haqida postlar yozgan edi.