$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Sog‘lom “nogironlar” ishi

t 3 30

Bugungi kunda imkoniyati cheklangan bo‘lsada, o‘z mehnati ortidan halol daromad topayotganlar talaygina. Ammo, ba’zi bir aqli “kuchli” ishlab ketgan firibgarlar borki ularni ta'riflashga so‘z ojiz.

Nogironlar aravachasidan “soqqa qilganlar”

Farg‘ona shahrining Quva ko‘chasida tilanchilik bilan shug‘ullanib, yana aldov yo‘li bilan pul topayotgan ikki yosh yigitlar qo'lga olindi. Asli buxorolik bo‘lgan fuqarolar Iskandarov va Ahmadulloyev Farg‘ona shahriga kelib, o‘z “tilanchilik biznesi”ni yo'lga qo'yadi. 

Navbati bilan nogironlik 

Ikkalasining ham oyoq qo'llari sog' bo'lishiga qaramay, ikki "ishbilarmon" shahardagi dorixonadan nogironlar aravachasini sotib olishadi va tilanchilik qila boshlaydilar. Ular aravachaga navbatma-navbat o'tirib, nogiron rolini o'ynagan holda odamlarning rahmini keltirib pul topishadi. Aslida hech qanday qolipga sig'maydigan firibgarlikni sodir etashadi.

Aravachadagi odamning alishib qolayotgani hududdagi IIB xodimlarining e'tiborini tortdi. Tilanchilarning hiylasi fosh etilib, ularga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Soxta nogironlarga berilgan jazo

Sud tomonidan huquqbuzarlar Ma'muriy javobgarlik to‘g'risidagi kodekining tegishli moddasiga muvofiq huquqbuzarlik sodir etgan deb topilib, ularning har biriga 10 sutkadan ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.