$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Soxta avtosalonchilarga hukm o‘qildi

суд sud

My-Cars nomi bilan ochilgan avtosalon odamlarga GM mashinalarini olib berishni aytib, pullarni o‘zlashtirgan. Ammo, oxirida odamlar aldanib qolgan.

 Odamlarni aldagan My-Cars

Joriy yilning yanvar oyida ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda My-Cars nomi bilan ochilgan avtosalon bir nechta fuqarolarning pullarini qo‘lga kiritib, mashina uchun to‘langan pullarni o‘zlashtirib, yuborgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shundan so‘ng, holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgandi. O‘zAning xabar berishicha, aybdorlarga sud hukmi o‘qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, oldindan jinoiy til biriktirgan 3 nafar shaxs tomonidan poytaxtning Alisher Navoiy ko‘chasida My-Cars nomi bilan avtosalon ochilgan.

 6 mlrd 155 mln so‘m o‘zlashtirildi

 2022-yil 16-yanvardan 2023-yilning 2-avgust kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida ushbu jinoiy sheriklar “avtomashinalarni 3 oy muddat ichida avtosalondan chiqarib, yetkazib berish”ni aytib, jami 74 nafar fuqaroning 40 mln so‘mdan to 200 mln so‘mgacha bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi, jami — 6 mlrd 155 mln so‘mlik pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishgan. Xaridorlarni qabul qilishda esa ular go‘yoki GM— Uzbekistan bilan shartnoma tuzganliklarini aytib aldashgan.

 8-9 yillik qamoq jazosi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi JKning 168-moddasining tegishli bandlari bilan ayblanuvchilarga 8-9 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.