$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Yerga kometa yaqinlashmoqda

comet

Everest cho‘qqisidan kattaroq ulkan kometa Yer sayyorasiga yaqinlashmoqda. Yaqin haftalarda Yerga qarab uchayotgan kometani oddiy ko‘z bilan ko‘rsa bo‘ladi. Bu haqda internet nashrlari xabar bermoqda.

70 yillik hodisa

U sayyoramiz yaqinida 70 yilda bir marta paydo bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Pons-Bruks kometasi kriovulkanlar sinfiga kiradi. Isish paytida uning ichidagi bosim ortib ketganda, chang, gaz va muz parchalari emissiyasi paydo bo‘ladi. Ushbu otilishlardan biridan keyin kometa atrofida shoxlarga o‘xshash tuman paydo bo‘ldi, shuning uchun ob’yekt “Iblis kometasi” laqabini oldi.

Diametri 21 km

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, kometa yadrosining diametri 20 km ga baholanmoqda. U 21-aprel kuni Quyoshga eng yaqin masofaga yetib boradi.

Olimlarning ta’kidlashicha, yaqin haftalarda kometa yorqinligi oshadi. U Andromeda yulduz turkumidan Baliqlar burjiga o‘tadi. Shunday qilib, 31-mart kuni kometa Hamal yorqin yulduzidan 0,5 daraja uzoqlikda bo‘ladi.

Oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin

Astrofiziklarning fikriga ko‘ra, qulay sharoitda (tuman va yorqin oy nuri yo‘q) kometani oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin, ammo uni durbin yoki teleskop bilan kuzatish yaxshiroqdir. Kometa Shimoliy yarim sharning aholisiga yaxshiroq ko‘rinishga ega bo‘ladi.