$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Zaharlangan yoki kasallangan chorva mollarini qanday aniqlash mumkin?

qoramol

Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan qoramollarda yuqumli kasalliklar mavjudligi haqidagi yolg‘on xabarlar ko‘pchilikda vahima uyg‘otgan edi. Bu holat aholining chorva mollari kasallansa, qanday belgilar bo‘lishidan bexabar ekanini ham ko‘rsatib berdi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi zaharlangan yoki kasallangan chorva mollarini qanday aniqlash mumkinligi haqida muhim ma’lumotlarni keltirib o‘tdi.

Zaharlanish belgilari

Chorva mollarining zaharlanganligi yoki kasallanganligini aniqlash muhim hisoblanadi. Bu kabi holatlar oz vaqtida bartaraf etilsa, ehtimoliy katta muammolarni oldini olish mumkin. Bilasiz, zaharlangan yoki kasallangan chorvalar bozorda oz qiymatini yo’qotishi bilan birga, uning goshti ham iste’molga yaroqsiz bo’lib qoladi. Ushbu kongilsiz holatlarni quyidagi belgilar orqali bilib olsa boladi.

  • Zaharlanish vaqtida nafas olish tizimi yomonlashadi;
  • Ogiz atrofida kopiklanish hosil bo’ladi. Bu odatda kimyoviy yoki osimlikdan zaharlanish belgisi bolishi mumkin;
  • Zararli ozuqa yoki suv iste'mol qilish oqibatida qorin dam bo’ladi;
  • Koordinatsiya buziladi, qaltirash, yurishdagi qiyinchiliklar ortib boradi;
  • Kongil aynish holati kuzatila boshlaydi.

Kasallik belgilari

  • Chorva mollari kasallansa, avvalo tana harorati kotariladi;
  • Ishtaha yoqoladi. Oziqlanish va kuchga tolish uchun kerak bolgan yemaklarni iste’mol qilmay qoyadi;
  • Nafas olishda qiyinchilik, yotal yoki qaltiroq paydo bola boshlaydi;
  • Ko'zlarda qizarish, suvsizlik yoki burundan chiqayotgan suyuqlik infeksiyaning belgilari bolishi mumkin;
  • Kasallik oqibatida hayvonlarda harakatsizlik ortadi. Ornidan turishga kuch topolmaydi;
  • Najasning gayritabiiy rangi, hidi, yoki konsistensiyasi kasallik belgisi bolishi mumkin.

Veterinarga murojaat qiling

Agar ushbu belgilarni sezsangiz, imkon qadar tezroq veterinarga murojaat qiling. Vaqtida aniqlanmagan zaharlanish yoki kasalliklar chorva mollari uchun xavfli bolishi mumkin. Shu bilan birga oziqlantirish ratsionga ham alohida e’tibor qaratish lozim boladi. Yem va suvning tarkibi doim tekshirilishi shart.

Теги :
Jamiyat