$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘quvchisini zo‘rlamoqchi bo‘lgan 67 yoshli o‘qituvchi 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi

child abuse

Zo‘ravonlik, shilqimlik qilish kabi jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilganiga qaramay, kunda-kunora yuqoridagi kabi holatlarni eshitamiz. Avtobusda tegajog'lik qilgan konduktor, yo'lovchiga shilqimlik qilgan taksi haydovchisi va bular qatoriga o'z o'quvchisini zo'rlamoqchi bo'lgan o'qituvchi ham qo'shildi.

Toshkentda sud voyaga yetmagan o‘quvchi qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan 67 yoshli musiqa o‘qituvchisini 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Qiz 12 yosh bo‘lgan

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudi 25-mart kuni yopiq yig‘ilishda o‘quvchi qizni zo‘rlashga urinishda ayblangan 67 yoshli musiqa o‘qituvchisiga nisbatan hukm o‘qidi. Bu haqda Toshkent shahri sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

2023-yil avgust oyida zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi Nemolchi.uz loyihasi uyidagi xususiy dars paytida 12 yoshli o‘quvchisini zo‘rlamoqchi bo‘lgan toshkentlik musiqa o‘qituvchisi Aleksandr Sultanov haqida xabar bergan edi. Xabar e’lon qilinganidan so‘ng Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bu birinchi holat emas

Shundan so‘ng ayblanuvchining boshqa bir sobiq o‘quvchisi Nemolchi.uz bilan bog‘lanib, o‘qituvchi unga bolaligida qanday jinsiy zo‘ravonlik qilganini aytib bergan. U shuningdek, bu ushbu o‘qituvchining o‘quvchilariga zo‘ravonlik qilgan birinchi holati emasligini ta’kidlagan.

Sud sudlanuvchini Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi bilan aybdor deb topib, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi. Bolalar ombudsmani matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, prokuror suddan uni 13 yilga ozodlikdan mahrum etishni so‘ragan, biroq sud sudlanuvchining yoshini hisobga olgan.

Qayd etilishicha, ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlar tufayli mahkum jazoni o‘tash muddatini qisqartirish bo‘yicha ariza bera olmaydi.