Yakshanba, 18-oktabr, 2026
Havo 83 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +13° kechasi +11°

Markaziy Osiyo iqtisodiyoti butun dunyoga qaraganda 1,4 baravar tezroq rivojlandi

Mintaqa yalpi ichki mahsuloti nominal ko‘rinishda 20 yil ichida 7 baravar, real ko‘rsatkichda esa 4 baravar o‘sdi. Xalq esa 4 baravar boyigan.

2 daqiqa o‘qiladi

Markaziy Osiyo iqtisodiyoti butun dunyoga qaraganda 1,4 baravar tezroq rivojlandi

Markaziy Osiyo mintaqasi yalpi ichki mahsuloti nominal ko‘rinishda 20 yil ichida 7 baravar, real ko‘rsatkichda esa 4 baravar o‘sdi. Bu haqda Yevrosiyo taraqqiyot banki (YTB) rahbari o‘rinbosari Yevgeniy Vinokurovga tayanib MediaStan blogi ma’lum qildi.

Xalq to‘rt baravarga boy bo‘ldi

Vinokurov 2025—2027-yillarga mo‘ljallangan makroiqtisodiy prognoz sharhida ta’kidlashicha, xalq to‘rt baravar boy bo‘ldi. Aholining harakatchanligi 3 baravar, kirib kelayotgan sarmoya hajmi esa 17 baravardan ortiq oshdi.

“Biz butun dunyoga Markaziy Osiyo muhim, qiziqarli, iqtisodiy jozibador mintaqa ekanligini ko‘rsatishga harakat qildik. So‘nggi ikki yil ichida bizning ishonchlarimizni tasdiqlamoqda”, dedi Vinokurov.

Markaziy Osiyo – muhim iqtisodiy hudud

Ekspert Markaziy Osiyo – Yevrosiyo markazidagi yirik, tez rivojlanayotgan va muhim iqtisodiy hudud ekanini qayd etdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, mintaqa o‘zining transport va tranzit salohiyati, savdo bozori, shuningdek, investitsiyalari bilan jozibadordir.

“Tashqi qiyinchiliklarga qaramay, mintaqa iqtisodiyoti sekinlashmayapti va tashqi zarbalarga yaxshi qarshilik ko‘rsatmoqda”, –  deya qo‘shimcha qildi Vinokurov.

Dunyog qaraganda 1,4 baravar tezroq o‘sish

Iqtisodchining aniqlik kiritishicha, “Markaziy Osiyo iqtisodiyoti 2022–23-yillarda o‘rtacha 4,8 foizga o‘sdi. Dunyo bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich o‘rtacha 3,4 foizni tashkil etadi. So‘nggi ikki yilda Markaziy Osiyo iqtisodiyoti butun dunyoga qaraganda 1,4 baravar tezroq rivojlandi.

Bu yil mintaqada YIM 500 milliard dollardan oshadi

YTB hisob-kitobiga ko‘ra, 2024-yilda mintaqaning nominal yalpi ichki mahsuloti 500 milliard dollardan oshadi.

Biroq, mintaqa taraqqiyoti yo‘lida birgalikda yechim topishni talab qiladigan bir qancha muammolar mavjud. Bular — dengizga yo‘lning yo‘qligi, iqlimiy va ekologik xavflar hamda suv-energetika kompleksining muvofiqlashtirilmagan rivojlanishi.

“Bu muammolarning barchasi mintaqa davlatlari tomonidan tashqi o‘yinchilarni jalb qilgan holda muvofiqlashtirilgan holda birgalikda yechgan maʼqul. Agar biz ularni birgalikda hal qilsak, suv va energetikani rivojlantirishni birgalikda muvofiqlashtirsak, Yevrosiyo transport tizimini birgalikda yaratsak, qayta tiklanadigan energiya manbalarini birgalikda rivojlantirsak, bu arzonroq va samaraliroq bo‘ladi”, – deya ishonch bildirgan mutaxassis.