$
 12874.86
-18.11
 13525.04
-16.45
 123.06
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°

Byurokratiya qisqarmoqda: Raqamli hukumat 22,7 milliard so‘m va 2,2 million dona qog‘ozni tejash imkonini berdi

Qog

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi tubdan isloh qilinib, aholiga qulay va samarali xizmat ko‘rsatishga erishildi. 2018-yilda 37 ta xizmat bilan boshlangan davlat xizmatlari markazlari (DXM) bugungi kunda 403 turdagi xizmatni taqdim etmoqda. Har kuni o‘rtacha 100 mingga yaqin fuqarolar Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurib, xizmatlardan foydalanmoqda. Bu haqida AOKAda Adliya vazirligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida xabar berildi.

Davlat xizmatlari markazlari tarmog‘i kengaymoqda

O‘zbekistonda davlat xizmatlarini yaqinlashtirish maqsadida keng infratuzilma yaratilmoqda. 2017-yildan buyon 208 ta tuman va shahar markazlarida DXMlar tashkil etildi. Ularning 193 tasi zamonaviy binolarda joylashgan bo‘lib, 79 tasi davlat-xususiy sheriklik asosida qurildi. Qolaversa, uzoq hududlarda 138 ta filial aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

2018-yil 1-yanvarda faoliyat boshlagan DXMlar dastlab 37 xil xizmat ko‘rsatsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 403 taga yetdi. Har kuni 100 mingga yaqin fuqaro Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurib, xizmatlardan foydalanmoqda. Hozirga qadar 66 milliondan ortiq xizmat ko‘rsatilgan.

Face-ID tizimi ishga tushdi

DXMlarda Face-ID orqali shaxsni biometrik aniqlash usuli joriy etildi. Bu esa fuqarolarning o‘zlari bilan shaxsiy hujjat olib yurish majburiyatini kamaytirdi.

Elektron xizmatlar – 24/7 rejimida

Davlat xizmatlari sayyor tartibda va “eksterritorial” tamoyil asosida ham ko‘rsatilmoqda. Bundan tashqari, 188 ta mahallada 24/7 rejimida ishlaydigan interaktiv kiosklar orqali 460 mingdan ortiq xizmat taqdim etilgan.

Byurokratiya qisqarmoqda

Raqamli hukumat tizimi orqali davlat organlari o‘rtasida 2,2 milliondan ortiq hujjatlar almashilmoqda. Natijada, aholi va tadbirkorlarning 22,7 milliard so‘mlik mablag‘lari va 2,2 million dona qog‘oz tejaldi. Bundan tashqari, talab etiladigan hujjatlar soni 255 tadan 129 taga qisqartirildi.

Xususiy sektorga o‘tayotgan vazifalar

27 ta davlat funksiyasi xususiy sektorga o‘tkazildi. Shuningdek, tadbirkorlar uchun “Biznesga litsenziyasiz kirish” rejimi va “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi joriy etildi.

Bundan tashqari, Ijtimoiy himoyaga muhtoj va I-II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari uchun 50 foiz miqdorida chegirma joriy etildi.

Теги :
Jamiyat