$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

2024-yil 17-dekabrning eng muhim voqealari dayjesti

17.12.

Toshkentda Yangi yil arafasida uch tonna olivye tayyorlanadi

Yangi yil bayrami oldidan Toshkent shahrida ulkan gastronomik tadbir bo‘lib o‘tadi. 24-dekabr kuni Tashkent City bog‘ida uch tonna og‘irlikdagi olivye salatini tayyorlash rejalashtirilgan. Bu orqali Yangi yil shodiyonalari doirasida yangi rekord o‘rnatilishi kutilmoqda.

Tadbirda 30 dan ortiq oshpaz va ko‘ngillilar ishtirok etib, o‘z kuchlarini birlashtiradi. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu salat uchun quyidagi miqdorda mahsulotlar sarflanadi:

 • 700 kilogramm tuzlangan bodring;

 • 620 kilogramm kolbasa;

 • 400 kilogramm mayonez;

 • shuningdek, yuzlab kilogramm sabzi, tuxum va kartoshka.

Tadbir 24-dekabr kuni soat 13:00 da boshlanadi va Tashkent City bog‘ining markaziy Yangi yil archasi yonida o‘tkaziladi.

Omadli yoʻlovchi metrodan tekin foydalanish imkoniyatini qoʻlga kiritdi

Bugun, 16-dekabr kuni Toshkent metropoliteni ilk bor 1 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Bu haqda metropoliten axborot xizmati ma’lum qildi. Millioninchi yo‘lovchi poytaxtda yashovchi Kozim Sohibov bo‘ldi. Unga “Chinor” bekati boshlig‘i Abdurahmon Abdug‘afforov esdalik sovg‘asi va bir yil davomida Toshkent jamoat transportidan (metro va avtobus) bepul foydalanish imkonini beruvchi transport kartasini topshirdi.

“Chinor” bekati hududida istiqomat qiluvchi Kozim Sohibov bu mukofot o‘zi uchun kutilmagan sovg‘a bo‘lganini aytdi. U “Tuzel” bekati hududidagi ishiga borish uchun har kuni metrodan foydalanishini ma’lum qildi.

Nukus shahrining bosh rejasi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 13.12.2024 yildagi “Nukus shahrining bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VMQ-837-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan shaharning bosh rejasi loyihasining asosiy yechimlari va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari tasdiqlanmoqda. 2040-yilgacha Nukus shahri Nukus tumani hududiga 876 gektarga kengayishi hisobga olingan. Shuningdek, bu vaqtga kelib aholi soni 312,4 ming nafardan 400 ming kishiga ko‘payadi, shahar maydoni esa 13,4 ming gektarni tashkil etadi.

Maktabgacha ta’lim muassasalari soni ikki baravar ko‘payib, 20,8 mingtani tashkil etadi, shifoxonalardagi joylar - 3,3 mingdan 9,9 mingtagacha oshadi. Maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari 437 tadan 2,8 mingta ish o‘rinlariga ko‘payadi. Magistral ko‘chalarning umumiy uzunligi 278 kmni tashkil etadi (hozirda 90 km).

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.12.2024 yildan kuchga kirdi.

Iqtisodiyot va moliya vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Iqtisodiyot va moliya vaziriga yangi o‘rinbosarlar, Pensiya jamg‘armasi va G‘aznachilik xizmatiga rahbarlar tayinlandi.

Umid Abidxadjayev iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori lavozimida faoliyat yuritgan. U Yaponiyaning Keyo universitetida magistratura va doktorantura bosqichlarini tamomlagan, iqtisodiyot sohasida tajribaga ega.

Ilhom Umrzoqov iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari — Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish departamenti direktori lavozimiga tayinlandi. U ilgari Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasida maslahatchi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Shuningdek, Jasur Qarshiboyev iqtisodiyot va moliya vaziri maslahatchisi etib tayinlandi, Murodbek Otajonov esa Pensiya jamg‘armasi direktori lavozimini egalladi.

Abdulaziz Haydarov esa Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.

Теги :
Jamiyat