$
 12874.86
-18.11
 13525.04
-16.45
 123.06
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°

Yakunlanayotgan yilda 100 milliardga yaqin kredit 0.2 % ulush bilan tadbirkorlarga ajratilgan

kredit

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentyabrdagi "Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-306-sonli qarori doirasida kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratilishi davom etmoqda. Mazkur kreditlar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarni rivojlantirishga yo‘naltirilib, mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlashda muhim rol o‘ynamoqda.

Sohalar kesimida ajratilgan kreditlar

Prezident qarori asosida ajratilgan kreditlar quyidagicha taqsimlandi:

1. Ishlab chiqarish sohasiga eng ko‘p – 41,3% kredit ajratilgan. Bu mablag‘lardan 20 245 ta tadbirkorlik subyekti foydalangan. 

2. Xizmat ko‘rsatish sohasi 37,3% ulush bilan ikkinchi o‘rinda turadi. Bu sohada 18 300 ta loyiha moliyaviy qo‘llab-quvvatlandi. 

3. Qishloq xo‘jaligi uchun 17,8% kredit ajratilgan bo‘lib, 8 741 ta tadbirkor ushbu mablag‘lardan foydalanmoqda. 

4. Savdo sohasiga 2,8% kredit berilgan. Bunda 1 392 ta loyiha moliyalashtirilgan. 

5. Qurilish sohasiga esa 0,7% kredit ajratilgan bo‘lib, 330 ta tadbirkorlik subyekti bu mablag‘lardan foydalangan.

Moliyaviy instrumentlar bo‘yicha ajratilgan kreditlar

Kreditlarning aksariyati garovsiz va kichik hajmdagi loyihalar uchun ajratilgan bo‘lib, quyidagicha taqsimlangan: 

1. 100 mln. so‘mgacha garovsiz kreditlar 98,7% ulush bilan 48 382 ta tadbirkorga berilgan. 

2. 500 mln. so‘mgacha kreditlar 0,4% ulushni tashkil etib, 181 ta loyiha moliyalashtirilgan. 

3. 150 mln. so‘mgacha revolver kreditlar (garov talabi pasaytirilgan) – 0,6% ulush bilan 290 ta tadbirkorga ajratilgan. 

4. 99 ta tadbirkor 1 mlrd. so‘mgacha kreditlarni 0,2% ulush bilan olgan.

5. 1,5 mlrd. so‘mgacha kreditlar 0,1% bilan 56 ta loyiha uchun ajratilgan. 

Jismoniy shaxslar uchun ajratilgan kreditlar

Jismoniy shaxslar uchun ajratilgan kreditlar jami 18 341 ta tadbirkorlik subyektini qamrab olgan. Ular quyidagicha taqsimlangan: 

12 853 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida faoliyat yuritmoqda. 

5 488 tasi esa o‘z faoliyatini kengaytirib, mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

 

Теги :
Jamiyat