$
 12683.99
35.87
 13647.97
25.94
 139.24
0.82
weather
+26
Кечаси   +14°

Nomi ulug‘, suprasi quruq: O‘zbekistondagi eng qadrsiz kasb egalari

q 4 27

Statistika agentligi eng ko‘p va eng kam maosh oluvchi kasblar ro‘yxatini e’lon qildi. Ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari doimgidek eng kam maosh oluvchilar bo‘lib qolishmoqda.

Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning yanvar-mart oylarida o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 4,9 mln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,8%ga o‘sgan. Qayd etilishicha, eng ko‘p maosh oluvchi soha “bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati bo‘lib qolmoqda – ushbu yo‘nalishda o‘rta oylik ish haqi 13,2 mln. so‘mni tashkil qilgan. Ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari esa eng kam maosh oluvchilar bo‘lib qolishmoqda (3,4-3,2 mln. so‘m). Hududlar kesimida Toshkent shahri yetakchilik qilib, o‘rtacha oylik maosh 8,1 mln so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, eng kam ish haqi Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida (3,5-3,6 mln. so‘m) qayd etilgan.

Atama mazmuni

Nominal hisoblangan ish haqi – ma’lum bir davr (soat, oy, yil) mobaynida xodim tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish yoki ko‘rsatilgan xizmat) evaziga ish beruvchilar tomonidan, amaldagi qonun hujjatlariga asoslangan holda soliq va boshqa to‘lovlarni o‘z ichiga oluvchi yollanma xodimning mehnatiga haq to‘lash tarzida jismoniy shaxsga pul shaklida hisoblangan daromadlardan iborat.

O‘rtacha oylik ish haqi yillar kesimida

2020-yil — 2 584,9 ming so‘m;

2021-yil — 2 876,4 ming so‘m;

2022-yil — 3 417,5 ming so‘m;

2023-yil — 4 105,8 ming so‘m;

2024-yil — 4 919,9 ming so‘m.

Hududlar kesimida o‘rtacha oylik ish haqi

2024-yilning yanvar-mart oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida (8 116,8 ming so‘m), Navoiy viloyatida (6 500,3 ming so‘m), Toshkent viloyatida (4 764,4 ming so‘m), Andijon viloyatida (4 390,9 ming so‘m) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (4 065,4 ming so‘m) kuzatilgan. 2024-yilning yanvar-mart oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori o‘sish sur’atlari Andijon viloyatida (125,2 %), Toshkent shahrida (122,3 %), Farg‘ona viloyatida (121,5 %), Navoiy viloyatida (118,8 %) hamda Jizzax viloyatida (118,2 %) kuzatiladi.

Ta’lim sohasining o‘rtacha oylik ish haqi

Ta’lim sohasining asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi oliy ta’limda (7 874,7 ming so‘m), eng past ko‘rsatkich esa maktabgacha ta’limda (1 840,6 ming so‘m) kuzatildi. Ta’lim sohasi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (5 535,7 ming so‘m), Namangan (3 441,8 ming so‘m) hamda Navoiy viloyatlarida (3 387,3 ming so‘m) kuzatildi. Yuqori o‘sish sur’ati Toshkent shahrida (119,7 %), Farg‘ona (119,4 %), Andijon (118,2 %), Navoiy (118,1 %) hamda Samarqand (118,1 %) viloyatlarida qayd etildi.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida o‘rtacha oylik ish haqi

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasining faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida (4 050,7 ming so‘m), Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3 577,0 ming so‘m) hamda Xorazm viloyatida (3 505,0 ming so‘m) kuzatildi. Yuqori o‘sish sur’ati Farg‘ona viloyatida (126,2%), Toshkent shahrida (124,0%), Qashqadaryo (122,3 %) va Navoiy (120,1 %) viloyatlarida qayd etildi.


Теги :
Жамият
Иқтисодиёт