$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Byudjet-2025: Kim qancha olmoqda?

BUdget

29-oktabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekistonning 2025-yil uchun davlat byudjeti loyihasini e’lon qildi.

Hisob-kitobga ko'ra, mamlakatning 18 ta vazirligiga jami 195 trln. 763 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi kutilmoqda. Ro‘yxatda uchta vazirlik — Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yo‘naltirilgan mablag‘lar bo‘yicha alohida ma’lumot berilmagan bo‘lib, bu ma’lumot an’anaviy ravishda boshqa tashkilotlar oladigan jami mablag‘ga qo‘shib ko‘rsatilgan.

Taqsimot

2025-yilda boshqa tashkilotlarga jami 49 trln. 989 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi kutilmoqda. Vazirliklarga ajratiladigan mablag‘ miqdori quyidagicha (mlrd. so‘mdan kichik miqdorlar yaxlitlangan):

1.   Iqtisodiyot va moliya vazirligiga — 95 trln. 920 mlrd. so‘m (vazirlik xarajatlari kesimida juda ko‘plab ijtimoiy xarajatlar, tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish, joriy va boshqa xarajatlar o‘rin olgan);

2.   Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga — 59 trln. 464 mlrd. so‘m;

3.   Suv xo‘jaligi vazirligiga — 10 trln. 410 mlrd. so‘m;

4.   Transport vazirligiga — 6 trln. 714 mlrd. so‘m;

5.   Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga — 6 trln. 280 mlrd. so‘m;

6.   Sog‘liqni saqlash vazirligiga — 5 trln. 94 mlrd. so‘m;

7.   Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga — 1 trln. 992 mlrd. so‘m;

8.   Qishloq xo‘jaligi vazirligiga — 1 trln. 794 mlrd. so‘m;

9.   Madaniyat vazirligiga — 1 trln. 172 mlrd. so‘m;

10. Sport vazirligiga — 1 trln. 135 mlrd. so‘m;

11. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga — 1 trln. 116 mlrd. so‘m;

12. Tashqi ishlar vazirligiga — 1 trln. 27 mlrd. so‘m;

13. Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligiga — 1 trln. 9 mlrd. so‘m;

14. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga — 927 mlrd. so‘m;

15. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga — 733 mlrd. so‘m;

16. Raqamli texnologiyalar vazirligiga — 532 mlrd. so‘m;

17. Adliya vazirligiga — 322 mlrd. so‘m;

18. Energetika vazirligiga — 123 mlrd. so‘m;

Boshqa davlat idoralariga ajratiladigan mablag‘ miqdori quyidagicha:

1.   Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga — 21 trln. 139 mlrd. so‘m.

2.   Bosh prokuraturaga — 2 trln. 732 mlrd. so‘m.

3.   Vazirlar Mahkamasiga — 2 trln. 184 mlrd. so‘m.

4.   Oliy sudga — 1 trln. 804 mlrd. so‘m.

5.   Prezident administratsiyasiga — 1 trln. 673 mlrd. so‘m.

6.   Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga — 1 trln. 277 mlrd. so‘m.

7.   O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga — 881 mlrd. so‘m.

8.   Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga — 686 mlrd. so‘m.

9.   Yoshlar ishlari agentligiga — 456 mlrd. so‘m.

10. Fanlar akademiyasiga — 447 mlrd. so‘m.

11. Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 350 mlrd. so‘m.

12. Prezident huzuridagi Statistika agentligiga — 239 mlrd. so‘m.

13. Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga — 179 mlrd. so‘m.

14. Madaniy meros agentligiga — 177 mlrd. so‘m.

15. Davlat soliq qo‘mitasiga — 169 mlrd. so‘m.

16. Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga — 164 mlrd. so‘m.

17. Badiiy akademiyaga — 160 mlrd. so‘m.

18. Oliy Majlis Senatiga — 127 mlrd. so‘m.

19. Hisob palatasiga — 116 mlrd. so‘m.

20. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga — 106 mlrd. so‘m.

21. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga — 96 mlrd. so‘m.

22. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga — 75 mlrd. so‘m.

23. Sudyalar Oliy kengashiga — 54 mlrd. so‘m.

24. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligiga — 44 mlrd. so‘m.

25. O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga — 41 mlrd. so‘m.

26. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga — 33 mlrd. so‘m.

27. Markaziy saylov komissiyasiga — 29 mlrd. so‘m.

28. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasiga — 29 mlrd. so‘m.

29. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga — 28 mlrd. so‘m.

30. Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligiga — 20 mlrd. so‘m.

31. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (Ombudsman) — 19 mlrd. so‘m.

32. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziga — 16 mlrd. so‘m.

33. Konstitutsiyaviy sudga — 13 mlrd. so‘m.

34. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga — 13 mlrd. so‘m.

35. Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga — 12 mlrd. so‘m.

36. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markaziga — 11 mlrd. so‘m.

37. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga — 9 mlrd. so‘m.

38. Milliy antidoping agentligiga — 9 mlrd. so‘m.

39. Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakiliga (Bolalar ombudsmani) — 3 mlrd. so‘m.

40. Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligiga — 3 mlrd. so‘m.

41. “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasiga — 0,84 mlrd. so‘m.

Теги :
Iqtisodiyot