Yakshanba, 18-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +13° kechasi +11°
Читать на русском

O‘zbekiston BRICSning hamkor davlatlari qatoriga qo‘shildi

Qozondagi BRICS sammiti davomida 13 ta davlat birlashmaning hamkor davlatlari maqomini oldi. Bu haqda Rossiya OAV xabar qilmoqda.

2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston BRICSning hamkor davlatlari qatoriga qo‘shildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 23—24-oktyabr kunlari BRICS birlashmasi davlatlarining sammitida ishtirok etish uchun Qozon shahrida bo‘ldi. Qozondagi BRICS sammiti davomida 13 ta davlat birlashmaning hamkor davlatlari maqomini oldi. Ular qatorida O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston va Belarus ham bor.

Keyingi bosqich a’zolik

Qozonda bo‘lib o‘tgan BRICS sammiti yakunida 13 davlat birlashmaning hamkor davlatlari maqomini oldi. Bu haqda Rossiya OAV xabar qilmoqda. Turkiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Jazoir, Belarus, Boliviya, Kuba, Indoneziya, Malayziya, Nigeriya, Tailand, Uganda va Vetnam BRICSning hamkorlari bo‘ldi. “Biz sherik bo‘ldik — bu ushbu klubga qo‘shilishdan oldingi majburiy bosqich”, — dedi Aleksandr Lukashenko. U “BRICS plyus” sammiti yig‘ilishida Minsk davlat rahbarlari birlashmasiga to‘laqonli a’zo bo‘lishga tayyorligini ma’lum qildi.

Qozog‘iston va Ozarbayjondan ikki xil yurish 

Avvalroq Qozog‘iston prezidenti matbuot kotibi Berik Uali mamlakat BRICSga a’zo bo‘lish uchun ariza bermasligi haqida ma’lum qilgandi. Avgust oyida Ozarbayjon BRICSga a’zo bo‘lish uchun rasman ariza topshirgandi. Ittifoq so‘nggi bor 2024-yil yanvarida kengaygan, o‘shanda unga beshta davlat, jumladan, BAA va Eron ham qo‘shilgan.

BRICS haqida

BRICS bu Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika davlatlar nomining qisqartmasi. 2006-yilda tashkilot to‘rtta a’zo bilan boshlangan edi. Unga Janubiy Afrika 2010-yilda qo‘shildi. Bu yil esa BRICSga yana beshta yangi a’zo qo‘shildi: Misr, Efiopiya, Eron, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari. Ularning barchasi ham bu yil BRICSga qo‘shildi. Shunday qilib, endilikda BRICSda 10 a’zo bor va kelajakda yanada ko‘proq a’zolar qo‘shilishi mumkin. Hozirgi kungacha 30 ta davlat shu jumladan O‘zbekiston BRICS bilan turli darajada hamkorlik qilish istagini bildirgan, va ushbu tashkilot faoliyatida ishtirok etishni xohlagan.

Tashkilotning qudrati

BRICS davlatlarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 60 trillion dollardan oshib ketadi, bu jahon iqtisodiyotining 37 foizini tashkil etadi. Aslida, bu ko‘rsatkich G7 mamlakatlarinikidan ham ortiqroq. BRICS dunyoning 20 foiz eksportni nazorat qiladi. Neftga boy davlatlar qo‘shilishi bilan, endi u dunyoning 44 foiz neftini ishlab chiqaradi. Demak, BRICS katta kuchga ega.