$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

Qonun loyihasi: Bolalar toifalanadi

Bolalar toifalari

Endilikda zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan bolalarning turli toifalari belgilanishi mumkin. Yangi qonun loyihasiga ko'ra, zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi, shuningdek o‘zlariga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan bolalarning toifalarga bo'linishi ko‘zda tutilmoqda.

Qonunchilik palatasiga yangi qonun loyihasi tayyorlanmoqda

Ma'lum bo'lishicha, “Bolalarni zo‘ravonliklarning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar muhokamasiga kiritish uchun tayyorlanmoqda. Ushbu qonun loyihasida bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga mas’ul davlat organlari va tashkilotlar, ularning vakolatlari belgilanmoqda. 

Toifalar haqida

Shuningdek, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakllariga ta'rif berilib, zo‘ravonlik shakllariga aniqlik kiritilishi rejalashtirilmoqda. Zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi, shuningdek o‘zlariga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan bolalar toifalari (yetim, nazoratsiz, aqliy rivojlanishda nuqsoni bor, tilanchilik bilan shug‘ullanayotgan bolalar) belgilanishi ko‘zda tutilmoqda. 

Yangi qonundan maqsadi

Qonun loyihasining qabul qilinishi bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, ularga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga murosasiz munosabatda bo‘lish va zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.