Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 90 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +10°
Читать на русском

Madrimov, Ahmadaliyev va G‘iyosov 2024-yilning eng yaxshi bokschisi bo‘lishga davogarlik qilmoqda

Ovoz berish jarayoni Matchroom rasmiy saytida o‘tkazilmoqda. Ovoz berish 6-yanvar kuni yakuniga yetadi.

1 daqiqa o‘qiladi

Madrimov G‘iyosov Ahmadaliyev

Professional boks olamidagi taniqli promouterlik kompaniyalaridan biri Matchroom o‘z bokschilari orasida 2024-yilning eng yaxshilarini aniqlamoqda.

2023-ham uchchalasi bor edi

Ahamiyatlisi, unda 2023-yilda bo‘lgani kabi uch nafar o‘zbekistonlik professional bokschi - Isroil Madrimov, Murodjon Ahmadaliyev hamda Shahram G‘iyosov “yilning eng yaxshi bokschisi” nominatsiyasiga da’vogarlik qilmoqda.

Ovoz berish qachon va qanday bo‘ladi?

Ovoz berish jarayoni Matchroom rasmiy saytida o‘tkazilmoqda. Ovoz berish 6-yanvar kuni yakuniga yetadi.

Ma’lumot o‘rnida, Matchroom mijozlari hisoblanuvchi Isroil Madrimov va Shahram G‘iyosov 2024-yil davomida ikkitadan jang o‘tkazdi (Madrimovda 1 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat, G‘iyosovda esa 2 ta g‘alaba), Murodjon Ahmadaliyev esa yakunlanayotgan yilda bitta jang o‘tkazib, g‘alabaga erishdi.