$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Eski uslub qaytmoqda: O‘zbekistonda Ai-80 benzin narxi yana oshadi

Benzin

“O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmati ma'lumotiga ko'ra, 2024-yilning 1-apreldan aksiz solig‘i stavkalarining o‘zgarishi munosabati bilan neft mahsulotlarining narxlari o‘zgarmoqda.

Aksiz soliqlari

Unda maʼlum qilinishicha, Soliq kodeksining 2893-moddasiga muvofiq, 2024-yilning 1-aprelidan boshlab neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari quyidagi o‘zgarishi belgilangan.

1. Neft mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi aksiz solig‘i:

AI-80 benzini mahsulotining 1 tonnasi uchun 303 000 so‘mdan 340 000 so‘mga (37 000 so‘mga);

Aviakerosin (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 242 000 so‘mdan 271 000 so‘mga (29 000 so‘mga);

Dizel yoqilg‘isi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 291 000 so‘mdan 326 000 so‘mga (35 000 so‘mga);

EKO dizel yoqilg‘isi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 262 000 so‘mdan 293 000 so‘mga (31 000 so‘mga);

2. Neft mahsulotlarini va suyultirilgan gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilishda aksiz solig‘i:

AI-80 benzin uchun mahsulotining 1 tonnasi uchun 565 000 so‘mdan 633 000 so‘mga (68 000 so‘mga);

Dizel yoqilg‘isi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 516 000 so‘mdan 578 000 so‘mga (68 000 so‘mga);

Suyultirilgan gaz mahsulotining 1 tonnasi uchun 807 500 so‘mdan 904 000 so‘mga (96 500 so‘mga) oshishi belgilangan.

"Shu munosabat bilan “O‘zbekneftgaz” AJ neft mahsulotlari va suyultirilgan gazini birja savdolari orqali sotishdagi boshlang‘ich narxlari 2024-yil 1-apreldan boshlab aksiz solig‘i o‘zgarishi inobatga olingan holda shakllantirilgan boshlang‘ich narxlarda amalga oshiriladi.", — deyiladi kompaniya axborotida. 

Eski uslub qaytmoqda

Eslatib o'tamiz, joriy yil avvali saytimizda "Ma’lum bo‘lishicha, 1-apreldan boshlab o‘rtahol, yana ham aniqroq qilib aytganda mamlakatimiz aholisining asosiy qismi foydalanuvchi benziniga ko‘proq, boylar va amaldorlar foydalanuvchi yuqori oktanli benzin turiga kamroq soliq solish “metodikasi” yana qaytmoqda. Demak, aprel oyidan boshlab 80 benzin uchun aksiz solig‘i tonnasiga 303 ming so‘mdan 340 ming so‘mga yetkazilsa, 91 va undan yuqori oktanli benzinga aksiz solig‘i o‘zgarishsiz, 303 ming so‘m darajasida qoladi. Shuningdek, Yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilishda soliq 80 benzin bo‘yicha tonnasiga 565 ming so‘mdan 633 ming so‘mgacha oshiriladi. 91 va undan yuqori oktanli benzin uchun soliq tonnasiga 565 ming so‘m darajasida, ya’ni o‘zgarishsiz qoldiriladi.", deya ma'lumot berilgandi.