$
 12199.10
30.12
 14585.24
-2.93
 160.49
0.6
weather
+26
Кечаси   +14°

Sifatsiz benzin mashinaga zarar yetkazsa, bunga javobgar kim bo‘ladi?

Benzin

Agar yonilg‘i quyish shoxobchasida sotilgan avtobenzin sifati iste’molchining shubhasini uyg‘otsa, avvalo xarid faktini tasdiqlovchi zarur hujjatlar bilan O‘zenergoinspeksiyaga murojaat qilish lozim.

Murojaat qilish uchun yonilg‘i sotib olingan avtoyo‘l yonilg‘i quyish shoxobchasining to‘liq nomi va manzili aniq ko‘rsatilishi shart. Shuningdek, mahsulot uchun to‘lov amalga oshirilganini tasdiqlovchi chek mavjud bo‘lishi lozim. Bu hujjatlar sifatiga shubha bildirilgan yonilg‘ining aynan qaysi manbadan xarid qilinganini aniqlash imkonini beradi.

Mashinaga ziyon yetsa, qanday tekshiruv o‘tkaziladi?

Agar avtotransport vositasida yuzaga kelgan nosozlik sifatsiz yonilg‘i oqibatida paydo bo‘lgan, deb hisoblansa, u holda qo‘shimcha hujjat talab etiladi. 

Xususan, ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgan texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi tomonidan berilgan rasmiy xulosa taqdim qilinishi lozim. Ushbu xulosada dvigateldagi nosozlik sababi aniq va asosli ko‘rsatilishi kerak.

Amaldagi qoidalarga muvofiq, avtotransport vositasining yonilg‘i bakidan namuna olib tahlil qilish amaliyoti qo‘llanilmaydi. Sifat tekshiruvi faqat shubha tug‘ilgan AYQSHda saqlanayotgan neft mahsulotlaridan namuna olish orqali o‘tkaziladi. Olingan namuna belgilangan standartlar asosida kimyo-nazorat laboratoriyalarida tekshiriladi.

Mutaxassislar sifatsiz yonilg‘ining iste’molchilarga tarqalishining oldini olish maqsadida, bunday holatlar kuzatilganda zudlik bilan tegishli idoraga xabar berishni tavsiya qiladi. Fuqarolar O‘zenergoinspeksiyaning ishonch telefoni orqali murojaat qilib, holat yuzasidan rasmiy tekshiruv boshlanishiga turtki berishi mumkin.

Теги :
Jamiyat