$
 12809.05
22.07
 13765.89
12.21
 130.56
0.29
weather
+26
Кечаси   +14°

Ijtimoiy tarmoqlarda qaysi banklar eng faol?

Ijtimoiy tarmoqlar

 Oʻzbekistondagi banklarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi va auditoriyasi boʻyicha Standard and Sensitive Ratings agentligi tadqiqot oʻtkazdi. Tadqiqot davomida banklarning obunachilar, postlar va koʻrishlar soni tahlil qilindi.

Telegram

Telegram platformasida eng ko‘p obunachiga ega bank Uzum boʻlib, 81 mingga yaqin kuzatuvchilari bor. Agrobank 45 ming obunachi bilan ikkinchi oʻrindan joy olgan bo‘lsa, Ipoteka-bank 43 ming nafar obunachi bilan uchlikni yakunlab berdi.

Instagram

Instagram platformasida eng koʻp obunachilar soniga ega bank Orient Finans Bank boʻlib, bank auditoriyasi 160 ming nafar kuzatuvchini tashkil etdi. 32 ta yangi postga qaramay uning sahifasidan mingga yaqin odamlar chiqib ketdi. TBC Bank va Asakabank mos ravishda 79 ming va 71 ming obunachi bilan ikkinchi hamda uchinchi oʻrinlardan joylashdi. Oktabr oyida Instagramʼda obunachilar soni tez oʻsgan banklar esa Uzum Bank va Asakabank boʻldi.

Facebook

Facebook tarmogʻida ham Orient Finans Bank birinchi oʻrinni egalladi, uning 41 ming nafar obunachisi bor. Kapitalbank 37 ming obunachi bilan ikkinchi oʻrinda, Hamkorbank esa 27 ming obunachi bilan uchinchi oʻrinda joylashdi.

Youtube

YouTube boʻyicha eng koʻp obunachiga ega boʻlgan bank TBC Bank boʻlib, uning auditoriyasi 38 ming nafarni tashkil qiladi. Lekin oktabr oyida koʻrishlar soni boʻyicha Turonbank eng katta oʻsishga erishib, 80 mingta koʻrishni yigʻdi.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot