$
 11937.89
-10.69
 13769.16
-24.28
 141.76
-2.53
weather
+26
Кечаси   +14°

Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi?

Bank Foto: Spot

Aholining dam olish kunlaridagi ehtiyojlarini qondirish hamda qulaylik yaratish maqsadida mamlakatimizdagi bir qator tijorat banklarining muayyan filial va shoxobchalari shanba va yakshanba kunlari ham mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. Ular faoliyat yuritadigan manzillar va aniq ish vaqti aks etgan ro‘yxat Markaziy bank tomonidan jamoatchilikka taqdim etildi.

Shanba va yakshanba kunlari ishlaydigan banklar ro‘yxati:

Agrobank;

Apexbank;

Milliy bank;

Tenge bank;

Hamkorbank;

Anor bank;

Garant bank;

Hayot bank;

InFin bank;

SQB;

Trastbank;

Ipotekabank;

Ipak Yuli Bank;

BRB;

Mikrokredirbank;

Xalq banki;

Orient Finans Bank;

Poytaxt bank;

Saderatbank;

Asakabank;

Kapitalbank;

Turonbank;

Asia Alliance bank.

Ushbu shoxobchalarda fuqarolar valyuta ayirboshlash hamda xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish xizmatlaridan muammosiz foydalanishlari mumkin. Muassasalarning aniq ish tartibi hamda qo‘shimcha tafsilotlar har bir bankning rasmiy internet sahifasida joylashtirilgan.

Bundan tashqari, naqd pul almashtirish va onlayn amaliyotlarni bajarish uchun tunu kun ishlaydigan (24/7) maxsus bankomatlar va tijorat banklarining mobil ilovalari doimiy rejimda faoliyat yuritmoqda.

Теги :
Jamiyat