Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi?
Markaziy bankning matbuot xizmati shanba-yakshanba kunlari faoliyat yuritadigan banklar bo‘yicha ro‘yxatni ma’lum qildi. Unga ko‘ra, dam olish kunlari ham mijozlarga yanada qulay xizmat ko‘rsatish uchun ayrim tijorat banklarining tanlangan filial va shoxobchalari ishini to‘xtatmaydi.
1 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida ishlaydigan banklar ro‘yxati:
— SQB;
Banklarning valuta ayirboshlash hamda xalqaro pul o‘tkazmalariga ixtisoslashgan shoxobchalari hafta oxirida ham mijozlarga xizmat ko‘rsatishda davom etadi. Har bir bankning aniq ish vaqti va jadvalini esa ularning rasmiy saytlaridan tekshirib olish mumkin.
Bundan tashqari, sutka davomida uzluksiz ishlaydigan avtomatlashtirilgan valuta ayirboshlash bankomatlari, shuningdek tijorat banklari mobil ilovalari orqali valyutani onlayn tarzda almashtirish xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan.