$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

“Bajaramiziston”: Shishirilgan majlislar mahsuldorlikka ham, salomatlikka ham ta’sir qiladi

majlis

Oʻzbekistonda xodimlarning mehnat huquqlari tez-tez poymol qilinadi. Qonunchilikka emas, ish beruvchining qovogʻiga qarab chiqariladigan qarorlar ham talaygina.

Siz 8 soatlik ish haftasida ham 10 soat ishlashga, dam olish kunlarida ham ishga kelishga ogʻrinmasangiz, namunali xodimsiz. Bunday notoʻgʻri qarash, ogʻir ish haftasi, turli bosimlar mennat unumdorligini tushirib yuboradi.

Ish samarasiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan, ammo biz voz kecha olmayotgan yana bir anʼana bor. Bu majlisbozlik. Buni bir qator tadqiqotlar ham isbotlaydi.

Majlislar davomiyligi ancha oshgan

Harvard Business Reviewga ko‘ra, so‘nggi 50 yilda majlislar soni va davomiyligi ancha oshib ketgan, misol uchun 1960-yilda rahbarlar haftada 10 soatdan kam vaqtini majlis va yig‘ilishlarda o‘tkazgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu ko‘rsatkich 23 soatni tashkil etmoqda.

85 foiz vaqt majlislarda oʻtadi

Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, bugungi kunda aqliy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xodimlar 85 foiz vaqtini majlis va yig‘ilishlarda o‘tkazadi. 

Bu esa o‘z navbatida ularning nafaqat mehnat unumdorligiga, balki mental va jismoniy holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Samarasiz va halal beruvchi

Harvard Business Review 182 nafar yuqori lavozimdagi menejerlar orasida so‘rov o‘tkazgan. So‘rov natijalariga ko‘ra, 65 foiz respondentlar majlis va yig‘ilishlar ularning asosiy ish faoliyatidagi vazifalarini yakunlashiga xalaqit berishini bildirgan.

71 foiz respondentlarning fikriga ko‘ra yig‘ilish va majlislar samarasiz.

Solid ma’lumotlariga ko‘ra esa, 81 foiz majlis ishtirokchilari majlislarda boshqa ishlar bilan band bo‘lishi aniqlangan.

Majlislar davomiyligi ham muhim

Majlislar davomiyligi qancha bo‘lishidan qat’iy nafar, faqatgina o‘rtacha 52 daqiqa davomida majlis ishtirokchilarining e’tiborini tortadi, qolgan vaqt behuda sarflanadi. 

O‘zbekistonda esa majlis ishtirokchilari o‘rtacha 40 daqiqadan so‘ng e’tibori buzilishi ma’lum bo‘ldi. Majlislarning o‘rtacha davomiyligi 1 soatu 19 daqiqa ekanligini e’tiborga olgan xolda, har bir ishtirokchi 27 daqiqa vaqtini behuda sarflaydi, bu esa o‘z navbatida uning mehnat unumdorligini pasaytiradi.

Majlissiz kunlar rejimi

Xorijdagi ko‘plab korxonalar (ular qatoriga Facebook va Atlassian kabilar kiradi) majlissiz kunlar rejimida ishlashni qo‘llab ko‘rgan. Ushbu kunlarning samaradorligini baholash uchun tadqiqot o‘tkazilgan.

Tadqiqot doirasida 1000 tadan xodimiga ega 76 ta korxona orasida so‘rov o‘tkazilgan. Ushbu korxonalarning deyarli yarmi (47%) haftada ikki marotaba yig‘ilishlarsiz kunlarni belgilagani natijasida majlis va yig‘ilishlar 40 foizga kamaygan. 35 foiz korxonalar haftada uch kunni majlislarsiz kunlar deb belgiladi, 11 foizi esa to‘rt kunni, qolgan 7 foiz korxonalar uchrashuvlarni butunlay yo‘q qildi.

Mehnat unumdorligi 71 foizga oshgan

Haftada bir kunni majlis va yig‘ilishlarsiz qilib belgilash, xodimning mustaqil ishlashini 62 foizga, mehnat unumdorligini 35 foizga oshirgan, stress holatiga uchrash ehtimolligini esa 26 foizga pasaytirgan. 

Haftada ikki kunni majlislarsiz qilib belgilanishi xodimlarning mehnat unumdorligini 71 foizga oshirgani aniqlandi.