$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Avtobus yo‘lagida harakatlanish qoidalarini buzganlarning javobgarlikka tortilishi belgilanmoqda

avtobus

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida mas’ul qo‘mita tomonidan jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasi siyosiy partiyalar fraksiyalari muhokamasiga kiritish uchun tayyorlanmoqda.

Qoidani buzganlar jarimaga tortiladi

Qonun loyihasiga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklarda harakatlanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda.

Ushbu harakatni birinchi marta sodir etganlik uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida, bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa – bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida jarima belgilanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avtobus yo‘laklarining shahar hayotida vaqt sarfi masalasida yuqori samaradorligi qayd etilganligi natijasida Toshkentning yana 7 ta ko‘chasida avtobus yo‘laklari tashkil etilishi rejalashtirilgan edi.