$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentning 7 ta ko‘chasida maxsus avtobus yo‘laklari tashkil qilinadi

avtobus

Toshkentning yana 7 ta ko‘chasida maxsus avtobus yo‘laklari tashkil qilinadi. Avtobuslar uchun ajratilgan alohida yo‘laklar joriy etilishi natijasida mazkur ko‘cha bo‘ylab harakatlanuvchi avtobuslarning tasarruf tezligi 18 km/soatdan 24 km/soatgacha ko‘tarilib, 29% ga yaxshilandi.

Yo‘lovchilarning vaqti tejalmoqda

Hozirda mavjud 53 km uzunlikdagi avtobus yo‘laklariga qo‘shimcha ravishda yana umumiy uzunligi 18 km bo‘lgan 7 ta ko‘chada avtobus yo‘laklari joriy etiladi. Natijada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yaxshilanadi, yo‘lovchilar vaqti tejaladi hamda jamoat transporti jozibadorligi oshiriladi.

Shuningdek, ushbu yo‘laklar orqali harakatlanayotgan avtobuslar xizmatidan kunlik foydalanuvchi 600 mingdan ortiq yo‘lovchilarning har kuni 100 ming soat vaqti tejalishiga erishilmoqda.