$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Endilikda elektromobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish 5 barobar arzon bo‘ladi

elektromobil

So‘nggi vaqtlarda jamoatchilik orasida ekologik muammolar keng muhokama qilinmoqda. O‘z navbatida mamlakatda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, yashil energetikani qo‘llab-quvvatlash, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shunday chora-tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida aholining yashil energetikada harakatlanuvchi transport vositalari xarid qilishini rag‘batlantirish maqsadida, bunday toifadagi transport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida imtiyoz beriladi. Bu haqda IIV matbuot xizmati maʼlumot berdi.

Narxlar qanday boʻladi?

Unga ko‘ra, 2024-yil 1-apreldan boshlab avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda undiriladigan to‘lov stavkalari elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida — 510 ming so‘m to‘lov belgilanmoqda.

Avtomobillar uchun ham narxlar o‘zgargan

Elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalaridan boshqa barcha avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun esa – bazaviy hisoblash miqdorining 6,84 baravari miqdorida to‘lov belgilanmoqda.