$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi arxivlarda qog‘ozdan voz kechiladi

elektron arxiv

Arxivlar kadastrning “yuragi” hisoblanadi. Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan tasdiqlangan buyruqqa ko‘ra, 2024 yilda filiallar arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarni raqamlashtirish va ularning hisobini to‘g‘ri yuritishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Raqamlashtirishning foydalari

Raqamlashtirish ishida, avvalo, filial arxivchisi har bir hujjatdan nusxa (skayner) olib, raqamlashi va dasturga yuklashi, so‘ng qayta tikib, hujjatdagi har bir kamchilikni eslatma shaklida belgilab chiqishi lozim bo‘ladi. Bularni bajarish uchun arxivchidan katta kuch talab qilinadi. Arxiv hujjatlarni raqamlashtirish va hisobga olish keyinchalik soha xodimlari ish ko‘lamini osonlashtiradi. Natijada xodimlar elektron dasturdan xohlagan vaqtda, istalgan hujjatni topishlari mumkin. Yana bir jihat – raqamlashtirish soha xodimlari qamrovi kamayishiga sabab bo‘lmaydi.

Sirdaryodagi 44 981 ta turar joy va noturarjoy obyektlarining kadastrlar elektron ko’rinishga o’tkazildi

Davlat kadastrlar palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasida bugungi kunda jami 210 670 ta ko‘chmas mulk bo‘lib, shundan 20 177 tasi noturar obyekt, 190 495 tasi turar joy hisoblanadi.

Hozirgacha jami 24 804 ta turar joy, 20 177 ta noturar obyekt arxiv hujjatlari raqamlashtirildi. Qolgan obyektlarning hujjatlari ko‘rib chiqilib, hisobga olish va raqamlashtirish ishlari davom etmoqda.

Arxiv xonalarida yaratilayotgan sharoitlar

Shu bilan birga, kadastr yig‘majildlari umrbod saqlanishi sababli barcha tuman filiallarining arxiv xonalari qayta jihozlanishi, zamonaviy texnikalar bilan ta’minlashi, yong‘indan va boshqa hujjatlarga zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan xavflardan himoyalanishi hamda hujjatlar tartibini to‘g‘ri yuritish, raqamlashtirish yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Mutaxasissis fikri

– Raqamlashtirish birinchidan arxiv ishining samaradorligini oshiradi, – deydi Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasining bosh mutaxassisi Farrux Abdullayev. – 2024-yil Davlat kadastrlar palatasida “Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va ularning hisobini to‘g‘ri yuritishni yo‘lga qo‘yish yili” deb belgilandi. Avvallari kadastr hujjatlari ko‘cha yoki mahalla kesimida joylashtirilgan bo‘lsa, hozirda qidiruv tizimi joriy etilib, bunda stellajlar, polka va hujjatlar raqamlanadi. Bu hujjatlarni tez topish imkonini yaratib beradi.