$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Angren IES ham "ishonchni oqlamadi"

Angren IES

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan “Angren issiqlik elektr stansiyasi” (Angren IES) faoliyati tekshirildi.

Tahlil namunalari

O'tkazilgan tekshiruv davomida korxonaning 1 va 3-manbalaridan atmosfera havosiga tashlanayotgan tashlamalar tarkibini oʻrganish boʻyicha tahlil namunalari olingan. Natijada 1-manbada uglerod oksidi belgilangan meʼyordan 4,37 barobar (8,3209 g/s (1,9022 g/s), azot oksidi 7,68 barobar (31,7488 g/s (4,1321 g/s), 3-manbada esa azot oksidi meʼyordan 15,24 barobar yuqori ekanligini (42,3119 g/s (2,7757 g/s) ma'lum bo‘lgan.

Kompensatsiya to‘lovi 

Holat boʻyicha 2023-yil 4-choragi va 2024-yil yanvar-fevral oylarida atmosfera havosiga tashlanadigan tashlamalar meʼyoridan oshganligi uchun qoʻshimcha ravishda 140 million 781 ming 348 soʻm kompensatsiya to‘lovi belgilanib, shuningdek, IESga 2022–2023-yillardagi faoliyati davomida atmosfera havosiga tashlangan tashlamalar va koʻmir kuli chiqindisi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 202-sonli qaroriga asosan hisob-kitob qilinganligi koʻrib chiqilganda, korxonaning chang-gaz tozalash uskunalari samaradorligi hisobga olinmaganligi sababli 2022-yil uchun qayta hisob-kitob qilingan va qoʻshimcha ravishda 263 million 739 ming 791 soʻm va 2023-yil uchun qoʻshimcha ravishda 129 million 162 ming 386 soʻm kompensatsiya to‘lovi hisoblangan. 

Hokimni “uyatga qo‘ygan” IES

Korxonaga nisbatan atmosfera havosiga yetkazilgan zarar uchun jami 533 million 683 ming 525 soʻm kompensatsiya toʻlovi belgilangan. Bundan tashqari, tekshiruv ishlariga toʻsqinlik qilgan Angren IES xodimi D.M.ga nisbatan MJtKning 197-moddasi prim 6-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar sudga yuborish uchun tayyorlanmoqda.

Ma’lumot uchun, avvalroq Toshkent viloyati hokimligi tomonidan "deyarli zararli gazlar chiqarmasligi" ma’lum qilingan "Yangi Angren" IES faoliyati tekshirilib, atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli moddalar belgilangan me’yorlarga nisbatan yuqori ekanligi va chang-gaz tozalash uskunalari talabga javob bermasligi aniqlanib, tabiatga yetkazayotgan zarari uchun 1 milliard 3 million so‘mlik jarima to‘laydigan bo‘lgandi. https://uz24.uz/uz/articles/angrenies-2-7