$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Qamoqxonada o‘lgan sobiq hokim ishi

hokim

Bir necha jinoiy ishlarda ayblanib 10 yilga "kesilgan" Andijon shahri hokimi qamoqxonada vafot etganligi haqida xabarlar tarqadi. Mas’ullar esa hodisa sabablarini tarqalgan xabarlardan keyin ochiqladi. 

Haydarovning sud ish

2022-yilda Bahrom Haydarov jami 8 ta holatda 19 618 kvadrat metr yerni noqonuniy ajratish orqali jami 1 milliard 779 million so‘m minimal auksion bahosi qiymatidagi pul mablag‘larini davlat budjetiga undirilmagani va davlat manfaatlariga zarar yetkazishda ayblangan. Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismining "a", "v" bandlari, 209-moddasi 2-qismi "a", "b" bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2022-yil 26-dekabrdagi hukmiga ko‘ra, Bahrom Haydarov 10 yil ozodlikdan mahrum qilingandi. Shuningdek,u tergov arafasida shifoxonaga yotqizilgan. Tashxislarga ko‘ra unda yurak aritmiya kasalligi aniqlangan.

Sabablarni Hayot Shamsutdinov ochiqladi

Vafotidan so‘ng Bosh Prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov marhumning o‘lim sabablari haqida ma’lumot berdi. Aniqlanishicha, jazoni ijro etish departamentiga qarashli mahkumlar uchun mo‘ljallangan kasalxonaning terapiya bo‘linmasida davolanayotgan mahkum Bahrom Haydarov 5-martga o‘tar kechasi soat 00:15 larda kasalligi sababli vafot etgan. Asosiy tashxis: Yurak ishemik kasalligi zo‘riqish stenokardiyasi FS-III, IKKS. Koronar qon tomirlar stentlash operatsiyasidan keyingi holat. Gipertoniya kasalligi III bosqich. Arterial gipertenziya- III. Xavf- IV (O‘ta yuqori).

Shuningdek Shamsutdinov mazkur holat yuzasidan Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.