$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

"Tez yordam" tizimida nechta reanimobil mavjud?

tez yordam

Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlumotlariga qaraganda, bugungi kunda Oʻzbekistonda aholiga sifatli tibbiy yordam berish maqsadida barcha qulayliklarga ega boʻlgan 577 ta reanimobil xizmat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston jahon tajribasidan oʻrnak olmoqda

Jahon tajribasida tez tibbiy yordam xizmatidagi avtotransport vositalari o‘rtacha 5-8 yilda yangilanib turiladi. Yurtimizda ham 8 yildan oshgan ana shunday avtomashinalarni yangisiga oʻzgartirish belgilangan. Xususan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “103” xizmatida eskirgan avtoulovlarni bosqichma-bosqich zamonaviylariga almashtirish choralari ko‘rilyapti.

3122 ta yangi avtotransport vositasi

Bundan 6-7 yil avval "Tez yordam"da jami 1868 ta avtomashina bor edi. 2024-yilning ayni davriga kelib esa 3122 ta avtotransport vositasi aholiga sifatli xizmat ko‘rsatyapti. 

Avtomobillarning turlari

Jumladan, 2021-yil "103"da "B" toifali 435 ta reanimobil bo‘lgan bo‘lsa, bugun bunday avtoulovlar soni 577 tani tashkil etmoqda.

 - 227 tasi "Ford";

 - 216 tasi "Hyundai";

- 46 tasi "Toyota";

- 88 tasi "Nissan" kabi zamonaviy avtotransport vositalaridir.

Reanimobilning imkoniyatlari

Mazkur avtomashinalarning qulayligi shundaki, ularda tezkor reanimatsiya va yo‘l-yo‘lakay jarrohlik amaliyoti o‘tkazish imkoni mavjud. Zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan ushbu avtoulovlar xalqaro talablarga to‘la mos kelib, uning ichki qismi bemor va tibbiy brigada xodimlarining qulay joylashishi imkonini beradi.

Tez yordam avtomobillari 800 dan ortiq

Ma’lumot o‘rnida o‘tgan 2023-yil Respublika tez tibbiy yordam markazi avtoparki 685 ta, joriy yil fevral va mart oylarida yana 100 ta A toifali “Volkswagen Caddy” avtoulovlari bilan boyidi. Natijada bugunga kelib, tizimda bunday avtotransport vositalari soni 800 dan oshdi.