$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston uyali aloqa bozorida kim yetakchi?

Aloqa

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yil oxirida uyali aloqa abonentlari soni 34,2 millionni tashkil etgan (korporativ raqamlar hisobga olingan holda), unda ham "Ucell" eng ko‘p abonentga ega bo‘lgan – 9 millionni tashkil qilgan.

Kompaniyalar daromadi

Kompaniyalarning savdo aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ochiqlandi. Unda bir qator qiziqarli ma’lumotlar mavjud. O‘zbekiston aloqa kompaniyalari o‘tgan yilda qariyb 11,6 trillion so‘m ishlab topgan. Qiziqarlisi, eng ko‘p ulush garchi abonentlar soni bo‘yicha peshqadam bo‘lmasa-da, “Beeline” kompaniyasiga to‘g‘ri kelgan.

Kompaniyalar investitsiyalari

Demak, O'zbekistonning asosiy ikki raqobatbardosh kompaniyalarining o'tgan yildagi natijalari quyidagicha:

"Ucell"

1 807 mlrd. soʻm - investitsiyalar,

354 mlrd. so'm - soliqlar,

103 572 mln. so'm - investisiyalar bilan bog'liq bojxona to'lovlari.

Jami - 2 264 mlrd. so‘m.

"Beeline"

718 mlrd. so'm - investitsiyalar,

842 600 mln. so'm - soliqlar, buyurtmalar,

50 mlrd. so'm - bojxona to'lovlari,

Jami - 1 610 600 mln. so‘m.

Sifat va qadr

Sizda tabiiy ravishda savol tug‘ilishi mumkin: qanday qilib? Uyali aloqa bozorida har doim ham abonentlar soni muhim rol egallayvermaydi. Bu yerda ham sifat va qadr o‘z o‘rniga ega. Demak, o‘z-o‘zidan ma’lumki ushbu jihat “Beeline”da katta ehtimol bilan yuqori ahamiyatga ega. Ushbu kompaniyada ARPU (har bir foydalanuvchi uchun o‘rtacha daromad) yuqori. 

Kelajak rejalari

Agarda umumiy bozor haqida gapiradigan bo‘lsak, u 2022-yilga nisbatan moliyaviy jihatidan 34 foizga o‘sgan. Oxirgi yillardagi kuzatuvlardan ma’lumki, faqatgina aloqa bilan uzoqni ko‘zlab bo‘lmaydi. SIM-kartalar sotuvi bilan shug‘ullanish tobora dolzarbligini yo‘qotmoqda. Bugungi kundagi dunyo bozori operatorlari abonentlarni kuzatib borishmoqda va ularga tez-tez foydalanadigan narsalari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, takliflarni yaratishmoqda. Bular misol uchun, turli to‘lovlar, kartadan kartaga o‘tkazmalar, musiqa, filmlar, tovarlarni onlayn xarid qilish va hokazo.