$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Uzbekistan Airways “xalqning ustidan kulyaptimi?”

uzairways

27-yanvar kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining 33 yilligi sharafiga iqtisodiy va biznes klass xizmatlarining tariflariga 30% gacha chegirma e’lon qilingan edi. Unga ko‘ra, chegirma barcha yo‘nalishlar bo‘yicha faqat bir kun – 2025-yil 28-yanvar kuni amal qilishi ma’lum qilingan.

Chegirmali aviachiptalar qayerdan xarid qilish mumkin?

Kompaniya chegirmali aviachiptalarni booking.uzairways.com saytidan, aviakompaniya agentlaridan va Uzbekistan Airways Sales filialidan xarid qilish mumkinligini aytdi. Yo‘lovchi va yuk tashish tarifiga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yig‘imlar va qo‘shimcha to‘lovlar belgilanib, ularga 30% gacha chegirma qo‘llanilmasligi ham xabar qilgan qilingan.

Uzbekistan Airwaysga boykot e’lon qilishmoqda

Barcha chiptalar uchun 30 foizlik chegirma berilishi haqdagi xabarlar butun tarmoq orqali e’lon qilindi. Biroq ma’lum boʻlishicha, bu navbatdagi yolgʻon ekan. Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarga ko‘ra, kompaniya chiptalarga 30 foizlik chegirma qilishidan avval ularning narxini yaxshigina koʻtarib olgan. Natijada hech qanaqa chegirma boʻlmagan. Aksariyat foydalanuvchilar kompaniyaga boykot e’lon qilishni taklif qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining til siyosatini qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidlagan edi.

Теги :
Jamiyat