$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Uzbekistan Airwaysga ikki tilda xizmat ko‘rsatishi taklif qilindi

Uzbekistan Airways

“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining til siyosatini qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi. Bu taklifni u turizmni rivojlantirish istiqbollarini o‘rganish maqsadida Xorazmga qilgan tashrifi chog‘ida bildirdi.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, turizm nafaqat byudjetni to‘ldirish vositasi, balki mamlakat madaniyati va milliy o‘ziga xosligini targ‘ib qilishning samarali usulidir. Qodirov turizm infratuzilmasiga oid masalalarni samolyot bortida o‘rganishni boshlaganini aytib o‘tdi.

Nega uch til?

Qodirov aviakompaniya nima uchun yo‘lovchilarga uchta tilda xizmat ko‘rsatishi kerakligi haqida savol berdi.

“Yoʻlovchilarning 20 foizi ingliz, qolgan 75 foizi o’zbek tilini tushunadi. 5 foiz tasodiflar bo’lishi mumkin. Milliy aviakompaniya nima uchun yoʻlovchilarni qo’shimcha vaqtini oladi? Hamma joyda uchta tilda, lekin uchoqdan avariya holatida chiqish eshiklaridan foydalanish haqidagi juda muhim qoʻllanma rus va ingliz tilida. Milliy kompaniyanida biroz milliy gʻurur boʻlishi kerak, davlat tili va keng qo’llaniladigan xalqaro tillardan bittasi ishlatilsa, vaqt ham tejalar edi”, — deya ta’kidladi deputat.

Uch til o‘rniga ikki til

Qodirovning fikricha, Uzbekistan Airways davlat tiliga ko‘proq e’tibor qaratishi kerak. U faqat o‘zbek va xalqaro miqyosda keng qo‘llaniladigan bitta tilni ishlatish nafaqat vaqtni tejashga, balki milliy madaniyat va o‘ziga xoslikka hurmat ko‘rsatishga yordam berishini ta’kidladi.

“Milliy aviakompaniya davlat tiliga va vaqtni oqilona ishlatishga nisbatan o‘z munosabatini qayta ko‘rib chiqishi kerak”, — dedi u.

Deputat milliy g‘ururni namoyon qilish milliy tashuvchi uchun ustuvor vazifalardan biri bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, bunday o‘zgarishlar O‘zbekistonning xalqaro maydondagi madaniy imijini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Теги :
Jamiyat