$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi poytaxtdagi havo har soatda monitoring qilib boriladi

air havo tashkent

Poytaxt hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti bir guruh mahalliy olimlar Amudario bilan birgalikda Toshkent havo sifati monitoringi (AQI) uchun ochiq ma’lumotlar platformasini ishga tushirdi.

O'nlab metereologiya stansiyalari

Bugungi kunda 10 ta mahalliy ishlab chiqarilgan OXUS-WS meteorologiya stansiyalari ishlamoqda. 

Kuzatiladigan parametrlar

Stansiya doimiy ravishda 10 dan ortiq atrof-muhit parametrlarini kuzatib boradilar. Jumladan:

- havodagi PM 2.5, PM 10 va PM 1.0 zarralarining tarkibi;

- yog‘ingarchilik darajasi;

- havo harorati;

- shamol tezligi,

- UV indeksi;

- atmosfera bosimi darajasi;

- namlik darajasi.

Har soatda yangi ma'lumot

Ma’lumotlar har soat yangilanadi va so‘nggi yetti kun uchun AQI konsentratsiyasining soatlik xulosasi chiqariladi.

Yevropa talablariga javob beradigan stansiyalar

Qayd etilishicha, har bir stansiya tarmoqdan ishlaydi, lekin zaxira energiya manbai sifatida quyoshdan quvvatlanadi. Ob-havo stansiyalari deyarli har qanday ob-havo sharoitlariga bardosh bera oladigan bardoshli materiallardan tayyorlangan. Yevropa darajasidagi o‘ta sezgir sensorlar ham qo‘llaniladi.

Interaktiv xaritada nimalarni ko'rish mumkin?

Interaktiv xaritada havo sifati har soatda qanday o‘zgarishini kuzatishingiz mumkin. Poytaxtda sodir bo‘lgan yong‘inlar va issiqlik punktlarining joylashuvi haqidagi ma’lumotlar ham koʼrinadi.

Tavsiyalar ham beriladi

Bundan tashqari, havo sifatiga qarab, portal nozik guruhlarga mansub odamlar va oddiy aholi uchun alohida tavsiyalarni aks ettiradi.