$
 11962.78
-6.88
 13887.59
-40.31
 153.94
1.38
weather
+26
Кечаси   +14°

72 soatda kelajak yaratiladi: Samarqanddagi AI Xakatondan nima kutilyapti?

AI Hackathon

20-23-yanvar kunlari Samarqandda O‘zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi eng yirik loyihalardan biri — National AI Xakatonning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ushbu loyiha butun mamlakatdan sun’iy intellekt bo‘yicha yosh mutaxassislar o‘zini ko‘rsatishi uchun xizmat qiladi.

Mazkur milliy Xakatonning ikkinchi bosqichi samarqandliklar uchun o‘tkazilmoqda. Xakaton yil davomida respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilib yakunda barcha viloyatlardan saralanganlar finalga jamlanadi.

Xakaton o‘zi nima?

AI Hackaton — bu qisqa muddatli (odatda 24–72 soat) innovatsion musobaqa bo‘lib, unda ishtirokchilar sun’iy intellekt (AI) texnologiyalaridan foydalangan holda real muammolarga amaliy yechimlar ishlab chiqadilar.

Samarqand viloyati doirasida o‘tkazilayotgan joriy xakatonda ishtirokchilar mamlakatning Uzum kabi yetakchi IT-kompaniyalari ekspertlaridan yordam olgan holda tibbiyot, kiberxavfsizlik, ta’lim, tadbirkorlik va sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida taqiqlangan moddalar aylanishini nazorat qilish kabi sohalardagi loyihalar ustida ishlaydilar.

Finalga yo‘l olish

Milliy Xakatonning me’zoniga ko‘ra, musobaqa 3 bosqichda o‘tkazilmoqda:

·     Check Point 1

·     Check Point 2

·     Final

Birinchi bosqichda ishtirokchilar loyihalarining boshlang‘ich variantlarini ishlab chiqib, belgilangan me’zonlar asosida mentorlardan ball oladi. Ikkinchi bosqichda esa jamoalar o‘z loyihasini mustahkamlab, finalga chiqish uchun kurashishadi. Ikki kunlik jarayon davomida jamoalar ballar yig‘ib, yakunda o‘z loyihasini himoya qiladi. Jamoalar to‘plagan ballariga qarab, 25 tasi finalda ishtirok eta oladi. Yakunda esa faqat 5 ta jamoani respublika bosqichi kutib turibdi.

Vazirlikdan Uzum milliy ekotizimigacha

Loyiha Raqamli texnologiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, IT Park Uzbekistan, AICA, ML Community va Uzinfocom ishtirokida amalga oshirilmoqda. Xakatonning bosh homiysi va hamkori Uzum milliy raqamli ekotizimi va mamlakatning boshqa IT-kompaniyalari bo‘ldi.

Xakatonning milliy vazifasi

Mazkur National AI Xakaton O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasini tizimli rivojlantirish, iqtidorli yosh mutaxassislarni aniqlash va ularni real davlat hamda biznes muammolarini hal etishga jalb qilish uchun platforma vazifasini bajaradi. Natijada, xakaton O‘zbekiston uchun yangi texnologik g‘oyalar, raqobatbardosh kadrlar va kelajakda ishga tushadigan innovatsion mahsulotlar manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Теги :
Jamiyat