$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yilning har bir kunida aholi oʻrtacha 2 ming kishiga koʻpaymoqda

aholi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-oktyabr holatiga koʻra, respublikamizning doimiy aholisi 37,4 mln. kishini tashkil etgan.

Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga oshgan

Respublikamizning doimiy aholisi soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 % ga oshgan. Mamlakatimiz aholisi 2024-yil boshidan buyon 555,6 ming kishiga koʻpaygan.

Oʻzbekiston aholisi 2024-yilning har bir oyida oʻrtacha 61,7 ming kishiga oshgan. Har bir kun esa bu koʻrsatkich 2 ming kishini tashkil qilmoqda.

Qaysi hududlarda aholi soni koʻp?

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistondagi demografik vaziyat haqida xabar bergan edik. Unga koʻra, doimiy aholi sonining eng ko‘p ulushi Samarqand viloyatida — 4,3 million kishiga yaqinlashgan. Shu bilan birga, Farg‘ona (4,1 million kishi) va Qashqadaryo (3,6 million kishi) viloyatlarida qolgan hududlarga qaraganda ko‘p aholi istiqomad qilmoqda.

Eng kam aholi yashayotgan hudud Sirdaryo viloyati bo‘lib qolmoqda—926,7 ming nafar. Shuningdek, Navoiy viloyati aholisi ham (1,1 million kishi) eng kam ulushni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda 2024-yil 1-oktyabr holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 83,2 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,7 kishiga ko‘p. 

Теги :
Jamiyat