$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Demografiya: Oʻzbekistonda tugʻilishlar kamaydi, oʻlimlar soni esa aksincha

Statistika agentligi joriy yilning yanvar-sentyabr oylari holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining demografik holati haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi.

Demografiya statistikasi – bu ijtimoiy-iqtisodiy statistika sohalaridan biri bo‘lib, aholi soni, tarkibi, aholi yoki uning guruhlari joylashuvi va takror hosil bo‘lishi bilan bog‘liq maʼlumotlarni statistik usullardan foydalangan holda yig‘ish, qayta ishlash, ifodalash va tahlil qilish faoliyati bilan shugʻullanadi. 

Doimiy aholi soni

1-oktyabr holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining doimiy aholisini soni 37 355,4 nafar tashkil qilgan. Bu oʻtkan yilning mos davriga nisbatan 2,1 % koʻp degani. Shundan tugʻilganlar soni 693 897 nafarni, vafot etganlar soni esa 131 674 nafarni tashkil qildi.

Shaharlarda qishloqlardan ko‘ra ko‘p aholi yashamoqda

2024-yil 1-oktyabr holatiga doimiy aholi soni 37 355,4 ming kishini tashkil etdi, shundan erkaklar soni 18 809,5 ming kishini, ayollar soni 18 545,9 ming kishini, shahar aholisi soni 19 047,1 ming kishini, qishloq aholisi soni 18 308,3 ming kishini tashkil etdi.

Oʻlimlar soni ortgan

Yanvar–sentyabr oylarida respublikada 693,9 ming nafar chaqaloq tug‘ilgan. Taqqoslash uchun, 2023-yilning mos davrida tug‘ilishlar soni 716,9 mingtani tashkil etgan.

2024-yilning 9 oyi davomida mamlakatda 131,7 ming odam vafot etgan bo‘lsa, o‘tgan yilning shu davrida 129,7 ming inson hayotdan ko‘z yumgan.

Eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida 

Shuningdek, doimiy aholi sonining eng ko‘p ulushi Samarqand viloyatida — 4,3 million kishiga yaqinlashgan. Shu bilan birga, Farg‘ona (4,1 million kishi) va Qashqadaryo (3,6 million kishi) viloyatlarida qolgan hududlarga qaraganda ko‘p aholi istiqomad qilmoqda.

Eng kam aholi yashayotgan hudud Sirdaryo viloyati bo‘lib qolmoqda—926,7 ming nafar. Shuningdek, Navoiy viloyati aholisi ham (1,1 million kishi) eng kam ulushni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda 2024-yil 1-oktyabr holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 83,2 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,7 kishiga ko‘p. 

Aholi zichligi bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi

Shuning bilan birga, hududlar bo‘yicha aholi zichligining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (6 909,6 kishi), Andijon (801,3 kishi), Farg‘ona (610,0 kishi) viloyatlarida qayd etilgan. Eng past ko‘rsatkichlar Navoiy viloyati (9,8 kishi) va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (12,1 kishi) to‘g‘ri kelgan.